Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Shanba, 27.04.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 29 » Ish Haqi, Pensiyalar, Stipendiya va Ijtimoiy Nafaqalar Miqdori Qanchaga Oshdi?
12:54
Ish Haqi, Pensiyalar, Stipendiya va Ijtimoiy Nafaqalar Miqdori Qanchaga Oshdi?



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 5 iyuldagi «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi PF-4450-sonli
Farmoni:

Unga asosan:

1. 2012 yilning 1 avgustidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:
ish haqi - oyiga 72 355 so‘m;
yoshga doir pensiyalar - oyiga 141 520 so‘m;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 141 520 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa - oyiga 86 835 so‘m miqdorida belgilanadi.

2. 2012 yil 1 avgustdan keyin yakka tartibdagi koeffitsiyentlarni (2011 yil 1 oktyabrdan amalga kiritilgan) qo‘llagan holda yangi tayinlanadigan pensiyalar hisoblab chiqariladigan ish haqini tenglashtirish uchun ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq eng kam oylik ish haqi miqdorlari qo‘llaniladi.
2012 yil 1 avgustgacha tayinlangan pensiyalar, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Farmonda belgilangan 1,15 baravar miqdorga oshirish yo‘li bilan qayta hisoblanadi.

3. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan (72 355 so‘m x 8 = 578 840 so‘m) ortiq bo‘lmagan o‘rtacha oylik ish haqi inobatga olinadi.

4. Yakka tartibdagi koeffitsiyentlar qo‘llanilgan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz baravari va undan yuqori miqdorida bo‘lgan hollarda, pensiyalarni qayta hisoblashni amalga oshirishda ish haqi miqdori eng kam ish haqining sakkiz baravari 578 840 so‘m (72 355 so‘m x 8) bilan chegaralanib, ish stajining davomiyligiga bog‘liq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga ko‘paytiriladi.

5. Yoshga doir yoki I va II guruh nogironlik bo‘yicha pensionerlar «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 9-son, 338-modda) O‘zbekiston Respublikasi Qonunining va 17-moddalariga muvofiq, pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan taqdirda, qayta hisoblashdagi pensiya miqdori mavjud stajga mutanosib ravishda belgilanadi.

6. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (72 355 so‘m) kelib chiqib aniqlanadi.

7. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV

2012 yil 18 iyul

O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqi
miqdorlarining 40 yillik tahlili:

O'zgartirishlar sanasi va davri Belgilanga eng kam oylik ish haqi miqdori
So'mlarda:
01.01.1973 yildan 70,00
01.01.1992 yildan 350,00
01.03.1992 yildan (350,00 + 550,00) / 2 = 450,00
01.04.1992 yildan 550,00
01.07.1992 yildan 1 000,00
01.09.1992 yildan 1 250,00
01.10.1992 yildan 2 000,00
01.01.1993 yildan 2 500,00
01.04.1993 yildan 3 000,00
01.06.1993 yildan 7 500,00
01.07.1993 yildan 11 250,00
01.09.1993 yildan 13 500,00
01.11.1993 yildan 16 200,00
So'm-kuponlarda:
01.12.1993 yildan 24 300,00
01.01.1994 yildan 30 000,00
01.03.1994 yildan 45 000,00

01.06.1994 yildan

70 000,00

O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasi (So'm):
01.07.1994 yildan 70,00
01.08.1994 yildan 100,00
01.03.1995 yildan 150,00
01.09.1995 yildan 250,00
01.04.1996 yildan 400,00
01.09.1996 yildan 550,00
01.12.1996 yildan 600,00
01.07.1997 yildan 750,00
01.07.1998 yildan 1 100,00
01.01.1999 yildan 1 320,00
01.08.1999 yildan 1 750,00
01.08.2000 yildan 2 450,00
01.08.2001 yildan 3 430,00
01.04.2002 yildan 3 945,00
01.08.2002 yildan 4 535,00
01.05.2003 yildan 5 440,00
01.08.2004 yildan 6 530,00
01.05.2005 yildan 7 835,00
01.10.2005 yildan 9 400,00
01.07.2006 yildan 10 800,00
01.11.2006 yildan 12 420,00
01.08.2007 yildan (15 525,00 + 18 630,00) / 2 = 17077,50
01.12.2007 yildan 18 630,00
01.04.2008 yildan 20 865,00
01.09.2008 yildan 25 040,00
01.11.2008 yildan (25 040,00 + 28 040,00) / 2 = 26 540,00
01.12.2008 yildan 28 040,00
01.08.2009 yildan 33 645,00
01.12.2009 yildan 37 680,00
01.08.2010 yildan 45 215,00
01.12.2010 yildan 49 735,00
01.08.2011 yildan 57 200,00
01.12.2011 yildan 62 920,00

01.08.2012 yildan

72 355,00

Manba: maslahat.uz

Категория: Qonun | Просмотров: 2983 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]