Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 25 » Ish Vaqtida Tetik O’tirishning Yo’llari
20:45
Ish Vaqtida Tetik O’tirishning Yo’llari

 

Ishxonada kompyuter oldida kuni bilan o’tirish – sizning sog’ligingizga va o’zingizni qanday his qilishingizga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Harakatning sustlashishi va kamayishi natijasida kun o’rtasiga kelib, o’zingizda lanjlikni his qilasiz. Lekin quyida berilgan o’ta oddiy qoidalarga amal qilib, siz o’zingizdagi sustlikni bartaraf qilishingiz va kun davomida tetik yurishingiz mumkin bo’ladi.

Tavsiyalar:

  • Stolingiz ustida har doim bir stakan suv tursin. Har safar stakanga ko’zingiz tushganda bir qultumdan ichin turing. Bu teringiz va ovqat hazm bo’lishida juda foydali. Choy yoki kofening o’rniga o’tli damlamalarni ichganingiz ma’qul.Ko’zingizni tez-tez pirpiratib turing. Agar siz har doim kompyuterga tikilib o’tirishingizga to’gri kelsa, odatdagidan ko’ra ko’proq ko’zingizni pirpiratib turing. Ko’zingizni tepaga va pastga qaratib, kipriklaringizni pirpirating – bu horg’inlikni bartaraf qiladi, ko’zlaringizga hordiq beradi.
  • 3O’rningizdan tez-tez turib, aylanib turing. Har 15 daqiqada yoki har yarim soatda o’rningizdan turib, xech bo’lmaganda derazani oldiga borib keling, oyoqlaringizni chigalini yozing. Bir kunda 2 marta o’zingizga hordiq vaqtini ajrating va bir necha daqiqa dam oling, o’shanda ish mahsuldorligingiz yanada oshadi.
  • O’zingizni massaj qiling. Qo’llaringizni, quloq suprasini, yuzlaringizni va peshonangizni massaj qiling – bu charchoqlarni ketkazadi va tetiklashtiradi.
  • O’zingiz bilan yegulik olib keling. Ishxonangiz yaqinidagi kafe yoki oshxonadan ovqatlanishni foydali deb bo’lmaydi. Tushlikka biro lam narsa yeyish ham shart emas. Yetarlicha mevalar, yong’oq, sabzavotlar yoki salad tushlik uchun ayni muddao.
  • Ko’zingizni yumib yaxshi narsalar haqida o’ylang. O’zingizni yomon his qilganingizda, stulingizni suyang’ichiga suyaningda, ko’zingizni bir necha daqiqaga yuming. Ko’zingizga bir oz dam berib, yaxshi narsalar haqida o’ylang.
Manba: Maslahat.uz
Категория: Biznes va Moliya | Просмотров: 1135 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]