Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 22 » Kakaoli Pirog
19:14
Kakaoli Pirog

Bugun biz bekalarimiz biz ajoyib ta'mga ega bo'lgan pirog tayyorlashni o'rganamiz. Uni tayyorlash sizlardan ko'p vaqt talab etmaydi, faqat qunt bilan bajarsangiz kifoya. Bunday san'at asari kabi ko'rinishadi ushbu pirogimiz sizning dasturxoningizga ko'rk qo'shishiga ishonaman. Bunday antiqa pirogni tayyorlab mehmon va oila a'zolaringizni lol qoldiring!

Kerakli masalliqlar:

  • 5 stakan un
  • 250 gramm qatiq
  • 250 gramm sut
  • 125 gramm saryog'
  • 2 ta tuxum
  • 1,5 piyola shakar
  • 25 gramm achitqi(droja)
  • 1 choy qoshiq osh sodasi
  • 100 gramm kakao

Tayyorlanishi

  • 1 Achchitqini iliq suvda oshirvolib, unga shakar va un qo'shamiz. Ketidan birin-ketin masalliqlarni aralashtiramiz va hamir qoramiz. Hamirni 1 soatga issiq joyga qo'yamiz. Hamir tayyor bo'lgach, uni olib 4 bo'lakka bo'lamiz va zuvalalaymiz. So'ngra zuvalalarni yupqa qilib yoyib, ustma ust qo'yamiz, orasiga shkar va kakao aralashmasini(2 qoshiq kako + 4 qoshiq shakar) sepamiz. So'ngra rasmdagidek o'rtasini qoldirib bolaklarga bo'lamiz.
  • 2 Har bitta bo'laklarni o'rtasidan yana chiziq tortamiz va tayoqcha yordamida chiziqlarni ochib chiqamiz.
  • 3 Yaxshilab ochgandan so'ng, chetlarini qo'limiz bilan to'g'irlaymiz. Tayyor bo'lgach, 180 darajada qizigan gaz pechiga qo'yamiz.
  • 4 Pirogimiz tayyor! Yoqimli ishtaha!
Manba: Maslahat.uz
Категория: Oshxona | Просмотров: 2132 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]