Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Juma, 29.03.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 22 » Kartoshkali Shashlik
10:46
Kartoshkali Shashlik

Bugun sizlar bilan saharlik va iftorlik uchun mazali taomlardan biri bo’lmish „Kartoshkali Shashlik" tayyorlashni o’rganamiz. Bu Kartoshkali shashlikni o’quv kursimga qatnashib yurgan vaqtim o’rgangandim, buni sizlar bilan bo’lishishni o’zimga lozim topdim. Umid qilaman, bu taom sizlarga yoqadi.

Masalliqlar: (5dona uchun)

  • 400gr qiyma
  • 1bosh piyoz
  • 1dona tuxum sarig'i
  • 3bo'lak sarimsoq
  • 1-2osh qoshiq o'simlik yog'i
  • 1.5 bo'lak toster noni
  • ziravorlar, tuz

Tayyorlash:

  • 1Kartoshkani yirik parrak qilib tuzli suvda qaynatib olamiz.
  • 2Sarimsoqni ikkiga bo'lib, ochiq qismini patnisga surib chiqamiz. Patnisga o'simlik yog'ini quyib, kartoshkalarni teramiz va oldindan 180Cda qizdirilgan gaz pechida kartoshkani qizarguncha pishirib olamiz.
  • 3Qiymani tayyorlab olamiz: qiyma+qirg'ichdan o'tkazilgan piyoz+tuxum sarig'i+suv(yoki sut)da ivitib maydalangan toster noni+maydalangan 2bo'lak sarimsoq+ziravorlar+tuz=hammasini solib aralashtiramiz va biroz qo'lga olib idishga urib qiymani qattiqroq holatga keltiramiz. Qiymadan koptokchalar yasab olamiz. Cho'pga avval qiymani, song'ra kartoshkani joylashtirib chiqamiz.
  • 4Pishirgichning o'rta qismida 180Cda 25-30daqiqa go'sht pishgan bo'lib ko'ringuncha qo'yamiz (yog'i oqib chirsillaydi), so'ngra 5-7 daqiqaga issiqlikni faqat tepasini yoqib 250Cda shashliklarni qizartirib olamiz. Kartoshkali shashligimiz tayyor! Yoqimli ishtaha!
Manba: Maslahat.uz
Категория: Oshxona | Просмотров: 1225 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]