Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 29 » Krujkada 5 Daqiqada Tayyorlanadigan Shokoladli Keks
20:29
Krujkada 5 Daqiqada Tayyorlanadigan Shokoladli Keks


Krujkada 5 Daqiqada Tayyorlanadigan Shokoladli Keks

Uyingizga mehmon kelib qoldi, ammo sizda tayyor pishiriqlar yo’q, yoki pishirishga ulgurmay qoldingiz. Shunday paytda nima qilasiz? Do’konga chopasizmi? U yerda ham ko’ngildagi bo’lmasachi? Yaxshisi, bir zumda tayyor bo’ladigan shirinlikni o’rganib olib, mehmonlarni oldida yuzingiz yorug’ qiling. Umid qilamiz unga kerakli massaliqlar qo’l ostingizdan topiladi. Mikro to’lqinli pechda 3-5 daqiqada tayyor bo’ladigan shokoladli keks bilan kelganlarni manzur qiling. Ha aytgancha, buni nonushtaga tayyorlasa ham bo’ladi.

Kerakli mahsulotlar:

  • Un – 70 gramm
  • Shakar – 60 gramm
  • Tuxum – 1 dona
  • Kakao - 30 gramm
  • O’simlik yog’I – 30 gramm
  • Sut – 30 gramm
  • Vanillin
  • Oshirgich ( razrixlitel’)
  • Tuz
  • Shokolad – 20 gramm

Tayyorlanishi:

Hamma masalliqlarni bitta idishga yoki krujkaga solib, yaxshilab aralashtiramiz, faqat shokkoladni qoldiramiz. So’ngra tayyor massani krujkaga (iloji boricha keramik krujkaga) quyamiz. Ustiga shokolad qirindisini sepamiz. Krujkani mikroto’lqinli pechga 3-5 daqiqaga qo’yamiz va keks tayyor bo’ladi. Mikro to’lqinli pech maksimal darajada baland bo’lishi lozim. Avvaliga keks krujkadan ko’tariladi va xatto chetiga to’kilishi ham mumkin, ammo tayyor bo’lgunicha u yana joyiga qaytadi.

Yoqimli ishtaha!


Manba: Maslahat.uz
Категория: Oshxona | Просмотров: 2007 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]