Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Juma, 26.04.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 26 » Mashinangizdagi Aptechkada Nimalar Bo‘lishi Kerak?
12:43
Mashinangizdagi Aptechkada Nimalar Bo‘lishi Kerak?

   


O’zbekistonda transport vositasining salonida bo‘lishi kerak bo‘lgan tibbiy ashyolar ro‘yxati tasdiqlandi. Ushbu hujjat 2011 yilning 15 iyulidan kuchga kirdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan hujjatga ko‘ra, to‘plam aptechkaning o‘zini ham hisobga olgan holda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish, jarohatni bog‘lash uchun mo‘ljallangan, yurak va o‘pka reanimatsiyasi vositalarini o‘z ichiga oluvchi va tashqi qon oqishini vaqtinchalik to‘xtatishni ko‘zda tutuvchi 17 ta nomdagi anjomdan iborat.

Hujjatda yaroqlilik muddati o‘tib ketgan va o‘rami buzilgan dori-darmon vositalari va tibbiy preparatlarni qo‘llash taqiqlanishi ko‘zda tutilgan.

Tibbiy aptechka ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan joyda mustahkamlangan holatda saqlanishi lozim. Agar transport vositasining konstruktsiyasida bunday joy ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, tibbiyot aptechka olinishi oson bo‘lgan joyda saqlanishi zarur.

Shu o‘rinda Yo‘l harakati qoidalarining 3-ilovasidagi 7.9. banddan kelib chiqiladigan bo‘lsa, transport vositasida tibbiyot aptechkasining bo‘lmasligi transport vositasidan foydalanishni taqiqlaydigan shartlardan biri ekanligini qayd etish joiz.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasining beshinchi qismiga binoan qo‘llanilishi belgilangan tartibda taqiqlangan transport vositalarini boshqarish, shuningdek, davlat raqami belgilari o‘zboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarish eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida jarimaga tortiladi.

Shu bilan birga, hujjatda transport vositasining salonida bo‘lishi kerak bo‘lgan majburiy tibbiy anjomlarning ro‘yxatiga amal qilmaganlik uchunn javobgarlik ko‘zda tutilmagan. Tez orada Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritiladi, deb o‘ylaymiz.

T/r
Tibbiy anjomlar nomi
Chiqarilish shakli (o‘lchami)

Avtotransport vositasining toifasiga qarab, ularning soni

B (M1)
C (N1, N2, N3)
D (M2, M3)

I. Tashqi qon ketishini to‘xtatish vajarohatni bog‘lash uchun

1.
Qonni to‘xtatish uchun jgut

1 ta.
1 ta.
3 ta.

2.
Nosteril tibbiy dokali bint
5 m x 5 sm
2 ta.
2 ta.
5 ta.

3.
Nosteril tibbiy dokali bint
5 m x 10 sm
2 ta.
2 ta.
5 ta.

4.
Nosteril tibbiy dokali bint
7 m x 14 sm
1 ta.
1 ta.
3 ta.

5.
Nosteril tibbiy dokali bint
5 m x 7 sm
2 ta.
2 ta.
5 ta.

6.
Steril tibbiy dokali bint
5 m x 10 sm
2 ta.
2 ta.
5 ta.

7.
Steril tibbiy dokali bint
7 m x 14 sm
1 ta.
1 ta.
5 ta.

8.
Steril bog‘lash paketi

1 ta.
1 ta.
5 ta.

9.
Steril tibbiy dokali salfetkalar
Kamida 16 sm x 14 sm, № 10
1 o‘ram.
1 o‘ram.
3 o‘ram.

10.
Bakteritsid leykoplastir
Kamida 4 sm x 10 sm
2 ta.
2 ta.
5 ta.

11.
Bakteritsid leykoplastir
Kamida 1,9 sm x 7,2 sm
2 ta.
5 ta.
15 ta.

12.
Rulonli leykoplastir
Kamida 1 sm x 250 sm
1 ta.
1 ta.
3 ta.

II. Yurak va o‘pka reanimatsiyasi vositalari

1.
"Og‘iz-qurilma-Og‘iz" usulida sun’iy nafas oldirish vositasi

1 ta.
1 ta.
2 ta.

III. Boshqa anjomlar

1.
Ammiak eritmasi – 10% (novshadil spirti)
flakon
1 ta.
1 ta.
2 ta.

2.
Qaychi

1 ta.
1 ta.
2 ta.

3.
Tibbiy qo‘lqoplar
Kamida "M" o‘lchamida
1 juft
1 juft
5 juft

4.
Tibbiyot aptechkasi

1 ta




Manba: Maslahat.uz
Категория: Avto va moto | Просмотров: 7950 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]