10:28 Mevali Tvorogli Tort | |
Xurmatli qo’l gul bekalarimiz, bugun sizning e’tiboringizga anitiqa desertni taqdim etamiz. Umid qilamiz, bu tvorogli shirinlik sizlarga yoqadi deb. Uni tayyorlash sizdan bir oz ko'proq vaqt talab qilsada, bu shirinlik tufayli siz mehmonlarni va yaqinlaringizni hursand qilishingiz mumkin. Kerakli mahsulotlar:Biskvit uchun:
Nachinka uchun:
Bezak uchun:
Tayyorlanishi:Tuxum oqini sarig’idan ajratamiz. Oqini yaxshilab ko’pirtirib, sarig’ini ham qo’shamiz va yana ko’paytiramiz. 2 qoshiq qaynoq suv qo’shamiz. Shakarni oz-ozdan qo’shib ko’pirtiramiz va vanilinni ham qo’shamiz. Ochiq rangga kirmaguncha yana ko’pirtiramiz. So’ngra limon sharbatini qo’shamiz. Hammasini yana yaxshilab aralashtirib ko’pirtiramiz. Unni oshirgich bilan aralashtirib, massaga ralashtiramiz. Hammasini yaxshilab aralashtirib, 200 gradus darajadagi issiq pechkada 8 daqiqa davomida pishirvolamiz. Nachinka tayyorlash:Jelatinni sutga aralashtirib, 30-40 daqiqaga qoldiramiz. Tvorog, shaker, limon sharbatini mikserda aralashtirib, qaymoq qo’shamiz va yana aralashtiramiz. Bu massaga jelatinni ham qo’shamiz. Qolipga solib 2 soatga sovutgichga joylashtiramiz. Bezatish:Tayyor mevalarni qaymoqli tavorogli qavatning ustiga terib chiqamiz, bu sovutgichda kuchli qotgan bo’lmasligi lozim, mevalar biroz bo’lsa ham botib turishi kerak. Tayyor bo’lgach ustidan jele quyamiz. Tayyor tortni bir kechaga sovutgichda saqlaymiz. Ertalab uni qolipdan olib, ortiqcha joylarini kesamiz va biskvitnng urvoqlarini sepib chiqamiz. Tortimiz tayyor, yoqimli ishataha! Manba: Maslahat.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |