Mikroprotsessor kompyuterda eng asosiy vazifalarni bajaruvchi qurilma bo’lgani uchun gapni shundan boshlasak.
Mikroprotsessor nima amallar bajarishiga qisqacha to’xtalamiz:
- Doimiy xotira Vinchesterdan ma`lumotlarni o’qish, deshifrovka qilish, qayta ishlash va shu xotiraga ma`lumot yozish;
- Tashqi qurilmalar xotirasidan ma`lumot o’qish, ularga ma`lumot yozish (yoki uzatish), hamda tashqi qurilmalardan kelayotgan buyruqlarni bajarish;
- Tizimdagi barcha qurilmalar uchun boshqaruv signallarini ishlab chiqaradi va uzatadi hamda uzatish ketma-ketligini nazorat qiladi.
Shunda mikroptorsessorni quyidagi asosiy xarakteristikalari mavjud:
- Taktlar chastotasi. Bu protsessorni amallarni bajarish teziligini beradi;
- Shina chastotasi. Bu esa usha amalni bajarish uchun yo’llardan borib kelish tezligini beradi;
- Socketi. Socket bu mikroprotsessorni ignachalarini joylashish shaklini bildiradi, bu asosan mikroprotessorni arxitekturasi va variantlariga qarab o’zgarib boradi. Ona plata tanlanvotganida socketiga alohida e`tibor berish kerak, chunki mikroprotsessor bilan ona platani socketi har xil bo’lib qolsa ignalar o’rni bir-biriga to’g’ri kelmaydi.
- Tranzistorlar soni - bu mikroprotsessorda ishlatilgan tranzistorlar soni.
- Razryadi. Protsessor bajaradigan amallar bu ikkilik sanoq sistemasidagi sonlarni ustida bajariladigan amaldir. Ikkilik sanoq sistemasi degani esa bu- "+”, "-", tok zaryadlarini ifodalaydi. 8 ta ketma- ketlik olinadi, masalan
" 00011010 ” yani " - - - + + - + - " bu kombinatsiya qandaydir belgini bildiradi. Shu belgilarni ko’paytirish, qo’shish, teskarisiga o’girish – yani (konyunksiya, dezyunksiya, inkor) kabi mantiqiy amallar bilan qayta ishlanadi. Razryad tushunchasi esa protsessorda bir vaqtda ana shunday qancha belgilar ustida amallar bajara olishini bildiradi. Bu amallar, belgilar siz ishlayotgan dasturga, ishlayotgan kompyuterdagi muhitga qarab har xil buyruqlarni ifodalaydi. Lekin biz Operatsion tizim ishlash razryadi bilan mikroprotsessor ishlash razryadini qo’shib yubormasligimiz kerak, biri dasturiy tomonlama ikkinchisi qurilmaviy tomonlama razryadni ifodalaydi.
- KESh xotirasi – yani o’zini ichidagi alohida xotirasi. Biz bilamizki kompyuterda xotira hard disk ichida, disklarda bo’ladi, mikroprotsessorni xotirasi esa uning registorlarida bo’ladi. Registorlar zaryadlanib qolishiga qarab o’zida ma`lumot saqlash qobiliyatiga ega. Mikroprotsesorda 3 xil KESh xotira ishlatilishi mumkin, 1- pag’onada turgan KESh tezligi juda katta bo’ladi, lekin xotira xajmi kichik.
2- pag’onada turgan KEShning tezligi 1- pag’onadagi KEShdan kichik bo’lsada xotira xajmi kattaroq bo’ladi;
3- pag’onada turgan KESh tezligi eng past bo’lsada xotira xajmi katta. Lekin shu 3- pag’onadagi KESh bilan ma`lumot almashish tezligi eng past bo’lsada Operativ xotiranikidan ancha yuqori xisoblanadi.
- Arxitekturasi. Bu ikkiga bo’linadi: Mikroarxitektura va Makroarxitektura. Mikroarxitektura mikroprotsessorni yuqorida aytganim amallarni bajaruvchi qurulmalari, yani signallarni qo’shuvchi, ko’paytiruvchi, teskarisiga qo’shuvchi va teskarisiga o’giruvchi qurilmalar joylashadi. Makroarxitekturada boshqa qurilmalarga boshqaruv signallarini beruvchi, yani boshqa qurilmalarni navbatma navbat ishlashi rejimini belgilab beruvchi qurilmalar joylashadi.
- Yadrosi. Yadro arxitektura ichiga kiradigan qurilmalarni o’z ichiga oladi. Yadroni bo’linishi ikki xil bo’lishi mumkin: 1- xilida bitta yadro olinadi va hamma buyruqlar shu yadro barcha kelgan signallarga javob beradi. 2- xilda bitta yadroni olinadi va mantiqan ikkiga bo’linadi, kelgan signallarga shu ikkita yadro galma gal, yoki ikkiga bo’lib javob berishadi. 3- xilda ikkita yadro olinadi va har biri yaxlit yaxlitdan kelgan signallarga javob berishadi, bunda kelgan barcha signallar protsessorda ikkiga bo’linib bajarilaveriladi va bu tezlikni ancha oshiradi. 4- xilda shu ikkita yadro har biri ikkiga bo’linadi va umumiy hisoblanganda 4 ta yadro bor deb faraz qilinadi. Bu oldingi ikkitadan ham tezroq ishlaydi. Buni mikroprotsessor arxitekturasi deyiladi va SISC , RISC arxitekturalar aynan shuni o’zida aks ettiradi. Yadrolar soni esa Intel arxitekturasida : Celeron- bitta yadro, Core- Bitta yadro, Dual Core – ikki yadroli(har biri alohida bittadan ishlaydi), Dual Core Duo- ikkita yadro har biri ikkiga bo’lingan, ya`ni mantiqiy to’rt yadro. Quad Core- to’rttali yadro. Quad core Duo- to’rtta yadro har biri ikkiga bo’lingan yani mantiqiy 8 yadro va hokazo..larni bildiradi.
- Talab qiladigan tok quvvati. Shuncha qurilmalar ishlashi uchun faqat va faqat tok kerak bo’ladi . Tok quvvati WATT larda o’lchanadi,
- Hamda ishlash temperaturasi, yani bu orqali siz mikroprotsessoringiz ustiga qanday kuller qo’yishingiz kerakligini bilib olasiz.
Endi keling, bizni kompyuter oldi sottisi bilan shug’ullanadigan kompaniyalarimiz mikroprotsessorlar haqida nima deyotganliklarini bir eshitib ko’ramiz:
A- kompaniya:
Intel Celeron 430 Conroe-L (1800MHz, LGA775, L2 512Kb, 800MHz)
Модель Intel Celeron 430 Conroe-L
Частота шины 800 МГц
Частота процессора 1800 Мгц
Сокет LGA775
B kompaniya taqdim etayotgan mikroprotsessor:
CPU Cel 2530 Mhz 533 256KB S478 BOX Intel
Demak, ikkalasi uchun umumiy joylarini keltiraman:
Modeli:
A da- Intel Celeron 430 conroe-L
B da- Intel Celeron 533 BOX
Chastotasi:
A da- 1800 Mhz
b da- 2530 Mhz
Shina chastotasi:
A da- 800 Mhz
B da- Berilmagan
Soketi:
A da- LGA 775
B da- S478
Manda hozircha shu, qo’shimchalar bo’ls sizdan kutib qolaman. Aytganday, keying maqolamda Qattiq disk (HDD) haqida yozsam kerak , Hudo hohlasa …:)