Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 28 » Mikser Tanlashni Bilasizmi?
20:19
Mikser Tanlashni Bilasizmi?


Mikser - hozirgi kunga kelib ayollarimizning oshxonadagi dastiyoriga aylangan. U tufayli bekalarimizning yumushi ancha yengillashgan. Uning yordamida turli kremlarni, tortning hamirini va boshqa har qanday aralashtirib berilishi lozim bo’lgan barcha ishlarda shu mikser hoziru nozir.

Bugun men sizlarga mikser tanlashda nimalarga e’tiborli bo’lishimiz lozimligi haqida aytib o’taman.

Mikser turlari

Mikserlar 2 xil bo’ladi:

  • 1Qo’lda boshqariladigan mikser
  • 2Ko’chmas (Statsionar)mikser

Qo’lda boshqariladigan mikserlarni dastagidan ushlab foydalaniladi va uni xarid qilishda ana o’sha dastakning mustahkamligiga e’tibor bering. Undan tashqari, dastak ushlashga ham qulay bo’lishi kerak.

Ikkinchi xili - stantsionar ko’rinishidagi mikserni xarid qilishda uning joyidan ko’chishi va yana joyiga qo’yilishiga e’tibor bering.

Mikser motorining eng maqbul quvvati - 0.5-1 kVt. Agar mikserning quvvatini ko’rsatilgandan yuqori quvvqatli bo’lsa, unda uning qayta yoqib o’chiradigan tugmasi, yoki tokka tiqilgandan so’ng yoqish uchun maxsus tugmasi bo’lishi kerak.

Mikser tezligini tartibga solish

Agar xarid qilmoqchi bo’lgan mikseringizda tezlikni tartibga soluvchi tugmalar ko’p bo’lsa, bu yaxshi. Uni tanlashda o’sha tezlikni tartibga soluvchi tugmani bitta barmoq bilan bosib ko’rish qulayligini tekshirib ko’ring. Agar uni bitta barmog’ingiz bilan bosishga qiynalsangiz, boshqasini qidirganingiz ma’qul.

Mikser tishlariga e’tiborli bo’ling!

Mikser tishlarining ko’pligi – uning imkoniyatlarini kengligidan darak beradi. Shu bilan birga, tishlarning ko’pligi mikseringizni yuqori narxda turishidan ham darakdir. Bunday ko’p tishli mikserda quyidagi qo’shimcha narsalar bo’lishi kerak: mikser tozalagich, miqdorni o’lchash uchun maxsus stakan, massani aralashtirish uchun kurakcha va yana boshqa foydali narsalar.

Qo’shimcha maslahatlar:

Mikserning qanchalik ko’rinishi soda bo’lsa, undan foydalanish ham oson va qulay bo’ladi. Uni yuvish oson bo’lsa, kir bo’lishi kamroq bo’ladi. Mikser korpusi mustahkam plastikdan, tishlari esa sifatli metalldan ( nerjaveyka bo’lsa yaxshi) bo’lishi kerak.

Mikserni xarid qilishda imkoni boricha nomi chiqqan korxonaning mahsulotini xarid qiling, soxta arzon mikserlar ham tez ishdan chiqadi, ham ishingizni maromiga yetkazmaydi.

Manba: Maslahat.uz
Категория: Texnika | Просмотров: 1522 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]