Главная »
2012 » Noyabr » 30 » Millinonerlardan 20 Ta Oltin Qoida
14:30 Millinonerlardan 20 Ta Oltin Qoida |
Biz hayotimiz davomida juda ko’plab omadli insonlarni uchratamiz, eshitamiz va ularga havas qilamiz. Qaniydi biz ham shunaqa bo’lsak, deymiz. Ammo, bu kunlarga erishish uchun biz nimalar qilishimiz kerakligini bilamizmi? Bugun sizlarga hayotda omadga ko’p erishgan va boy bo’lish borasida ham hammaga taniqli millionerlardan boy va omadli bo’lishning sirlari haqida o’rtoqlashamiz.
20 oltin qoida:
- Odamlarga o’zlari kutganidan ham ko’proq bering va buni tabassum bilan qiling.
- Hamma eshitganlaringizga ham ishonavermang, topganizni hammasini sarflamang, qancha hohlasangiz, shuncha uxlash kerak emas.
- Odamlardan kechirim so’rash vaqti ularning ko’zlariag qarang.
- Bir ko’rishdagi sevgiga ishoning.
- Boshqalarning orzularini ustidan kulmang.
- Xaqiqiy tortishing, bahslashing, ammo urushga aylantirvormang.
- Sekin ayting, ammo tez o’ylang.
- Sizga javob berishni hohlamagan savolingiz berishsa, ularni jerkmang, aksincha tabbasum bilan, "Nimaga buni bilishni istaysiz?” deng.
- Yodingizda tuting, katta sevgi va ko’proq g’alaba sizdan katta tavakkalni talab qiladi.
- Uch narsani yodingizda tuting: o’zingizni xurmat qiling, o’zgalarni xurmat qiling va ishingizni sidqidildan bajaring.
- Mayda chuyda narsalarni orqasidan, katta mustahkam munosabatni va aloqani buzmang.
- Telefon qo’ng’irog’iga tabbasum bilan javob bering, suhbatdoshingiz buni ovozingizdan osongina fahmlaydi.
- Esingizda tursin – ba’zan sukut saqlash eng yaxshi javob bo’ladi.
- Ko’proq kitob o’qing, televizorni kamroq ko’ring.
- O’zingiz hohlaganday yashang! Yoshingiz o’tib, ortingizga sarhisob qilish uchun qayrilganingizda, yashab o’tgan hayotingizdan dilingiz yayrasin.
- O’zingiz sevgan ish bilan shug’ullaning.
- Bir yilda bir marta, avvallari xech bo’lmagan yeringizga borib, aylanib keeling.
- Erishgan yutug’ingizni qilgan qurbonligingizdan ustun qo’ying va yuqori baholang.
- Yetti o’lchab, bir kes.
- O’ylagan niyatiga erishishdagi eng asosiy sir – bu maqsadga o’zingiz ham ishonishingiz. Odam o’z maqsadiga ishonsagina, o’shanda u ushaladi.
Xo’sh, siz yuqorida berilgan qoidalardan qaysi biriga amal qilasiz?
Manba: Maslahat.uz
|
Категория: Ish va Karyera |
Просмотров: 1232 |
Добавил: Nodirbek
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[
Регистрация |
Вход ]