Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 28 » Mobil telefondan ayrilib qolmaslik uchun 11 ta maslahat
20:18
Mobil telefondan ayrilib qolmaslik uchun 11 ta maslahat

Bugungi kunda mobil apparatlari juda ham rivojlanib ketgan. Hech birimiz biror kunimizni uyali aloqa vositasisiz tasavvur qila olmaymiz. Chunki ular hayotimizning muhim bir qismiga aylangan. Afsuski, ba'zi paytda telefonni xayol aralash biror yerda qoldirib ketish yoki yo’lda yo’qotib qo’yish holatlari uchraydi. Bunday paytda apparatingizni osonlik bilan o’zlashtirib olishga tayyor kimsalar ham topiladi. Quyidagi maqolada ehtiyotkorlik choralari haqida maslahatlar olishingiz mumkin.

Maslahatlar:

  •   Telefon olishingizdan oldin, apparat o'g'rilanmaganligiga amin bo'ling. Maxsus hujjat, sertifikatga ega bo'lgan telefon sotib oling.
  •   Apparatingiz qutisi va hujjatlarini uyingizda saqlab qo'ying.
  •   Telefoningizga maxfiy raqam (parol) o'rnating.
  •   Tirnoq laki yordamida ko'rinmaydigan joyida belgi qoldiring.
  •   Aloqa vositangizga to'g'ri keladigan maxsus dastur o'rnating. Bu dastur yangi sim karta qo'yilganda telefoningizni qulflab qo'yadi; ishlatilayotgan sim kartadan siz oldindan belgilagan telefon raqamiga sms yuboradi. Shunday qilib, siz ishlatilayotgan yangi telefon raqamini bilib olasiz.
  •   Tiqilinch avtobusda, bozorda yoki odam gavjum joylarda telefoningizni qo'lga oling yoki sumkangizni ichki cho'ntagiga solib qo'ying.
  • Ko'p uchraydigan holat, mashinada o'tirganingizda yo'ki tushayotganingizda telefoningizni cho'ntakdan tushib qolmaganini tekshiring.
  • Kafe, oshxonalarda o'tirganda telefoningizni stol ustida qoldirmang.
  • Ko'chada notanish, shubhali insonlar qo'ng'iroq qilib olishni so'rashganda telefoningiz ishlamasligini ayting.
  •  Vaqti-vaqti bilan telefoningiz o'zingizda ekanligini tekshirib turing. Buni avtomatik holatga olib chiqing.
  •   Birov telefon apparatini qoldirib ketganini ko'rsangiz uni o'zlashtirishga shoshilmang, aksincha, egasini topishga harakat qiling va bu uning haqiqiy egasi ekanligiga amin bo'lib bering.

Manba: Maslahat.uz
Категория: Texnika | Просмотров: 1187 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]