13:13 Mustahkam oila qurish sirlari | |
Oila - jamiyatning kichik bo’lagi. Yutuqlarimizning boshlanishi va bardavomligi oilada shakllanadi. Hayotning past-balandi va sinovlarida oila eng ishonchli tayanchimizdir. Oilaga qancha tavsif keltirsak, oz. Ayniqsa, biz barpo etgan oila mustahkam qorg’oncha aylansa, bundan ortiq bo’lmaydi. Sevimli kelinjon, sizga bugun oila mustahkamligining sirlarini tavsiya etamiz. Juftingiz bilan barpo etgan oilangiz yillar o’tib, chinor kabi bokiy umr kechirganida bu sirlar sizga qanchalik asqotganiga o’zingiz amin bo’lasiz. 1. Sevimli kelinjon, oppoq nikoh libosingiz kabi beg’ubor orzu-niyatlar bilan ushbu xonadonga tashrif buyurganingiz yodingizdami? O’shanda biroz hadik bo’lsa-da, qalbingizda baxtli bo’lishga ishonch bor edi. Notanish oiladagi muhit, siz kutmagan ko’ngilsizliklar bu ishonchingizga biroz soya tashlab, dilingizni xira qilishi shubhasiz.Bu dilxiralik ba’zan insonda afsuslanish, ikkilanish, pushaymonlik, qatiyatsizlikni uygotadi. Biroq siz bunday o’qsinmang, hali hammasi oldinda.Bu sinoclarni baxtingizni mustahkamlash uchun berilgan imkoniyat deb biling. Oila mustahkamligi degan junkaning zamirida ham ishonch tuyg’usining ustunligi nazarda tutiladi. Qalbingizda ishonch bor ekan, siz albatta, orzungizga etasiz? Bugungi qop-qora sochlaringizga yillar o’z qirovini tashlaydi, olmadek tarang yuzlaringiz ajinlarni oziga chorlaydi.Har bir o’tayotgan lahzamiz umrimiz soniyalarini o’tmishga muhrlaydi. Sevimli kelinjon, hayotingizda qanday kunlar bo’lishidan, yillar chiroyingizga oz ta’sirini o’tkazishidan qat’y nazar, qalbingizni oq libos kiygan kuningizdagidek go’zal saklab qo,ling.Baxtga bo’lgan ishonchingizni also yoqotmang! BU ishonch sizga barcha qiyinchiliklarni mardanovor engib baxtga erishishingizga yordam beradi. Sevimli kelinjon, bu shubhalar baxt atalmish oshingizni og’ulashini, xotirjam turmushingizni qutqularga limmo-lim qilishini bilasizmi? Erkaklarning xiyonat qilishiga 75 foiz ayollarning o’zi sababchi bo’lisharkan.Qanday qilib deysizmi?Erkaklar ayoli tomonidan aytilgan bir gapni e’tiborsiz qoldirishi, ikkinchisini o’ylab ko’rishi ko’rishi, uchinchisiga esa diqqat qilishi aniqlangan. Rashk tufayli erini boshqalaridan qizgangan va uni xiyonat qilayotganidan shubhalangan ayol erkakning o’zga ayollarga qiziqishini paydo qilganini o’zi ham bilmasa kerak.ha , ayolning shubhalari erkakning xiyonatiga sababchi bo’lishi mumkin.Shunday ekan , siz bunday xatoga yol qoymang.Arzimagan shubhalarni deb juftingizning sizdan ko’ngli sovishiga imkon bermang! | |
|
Всего комментариев: 0 | |