Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 29 » Nega Ehtiyot Bo’lmoq Kerak? Odnoklassniki va Boshqalar
14:32
Nega Ehtiyot Bo’lmoq Kerak? Odnoklassniki va Boshqalar


Ba’zi yig­it­larga masla­hat: Yaxshi qiz o’zini "Odnoklassniki.Ru” yoki shunga o’xshash sahi­falarda xar hil turlanib, o’zini ko’z-ko’z qil­ishga muh­toj emas. Uning hari­dor­lari haqiqiy hay­otda bisyor.

Ba’zi qizlarga masla­hat: Agar yigit axmoq bo’lmasa, hech qachon ijti­moiy tar­mo­qda o’zini ko’z-ko’z qil­gan qiz bilan oila qur­maydi. Bun­day poy­de­vorga quril­gan oila odatda mus­tahkam bo’lmaydi.

Hozirgi kunda ijti­moiy tar­mo­qlar (social net­works) hay­ot­ning bar­cha jab­halar­ini qam­rab olmo­qda. Hohlaymizmi yoki yo’q, bun­day tar­mo­qlarni shun­chaki chet­lab o’tish ko’pchiligimiz uchun kun­dan kunga qiyin­lashib bor­mo­qda. Ba’zilar o’zlarining mah­su­lot­lar­in­ing targ’iboti uchun Face­book yoki Odnoklassniki.ru kabi­larni qo’llayotgan bo’lishsa, ba’zilarni chet elda yur­gan farzand­lari yoki yaqin­lari bun­day sayt­lar­dan ro’yxatdan o’tishga undamo­qda. Ko’pchilik esa do’stlari bilan xat almashish yoki "vaqt­in­cha­lik juft” qidirish maqsa­dida foydalanmoqdalar.

Dun­y­oda ijti­moi tar­mo­qlarda ro’yxatdan o’tgan va undan foy­dalanay­ot­gan (yoshi 15dan yuqori bo’lgan) 1.2 mil­liard inson bor. Ularn­ing orasida Face­book eng katta "mam­lakat” hisoblanadi va uning jami aholisi 2011 yil yakun­lar­iga ko’ra 640 mil­lionni tashkil etadi.

  • 1Vaqt
    Avto­mo­bil­lar yoqilg’i hiso­biyga yur­ganidek, ijti­moiy tar­mo­qlarn­ing ham yoqilg’isi mavjud. Ular bun­ing uchun foy­dalanu­v­chin­ing vaq­tini ish­latishadi. Kom­Skor (Com­Score) ning bergan ma’lumotiga ko’ra, 2011 yilda Rossiyada bir foy­dalanu­vchi kuniga o’rtacha 10.4 soat vaq­tini ijti­moiy tar­mo­qda o’tkazadi. Bu ko’rsatkich Anglyada 5.3 soat, Turkiyada 7.8 soatni tashkil qiladi. Bizda ham amin­manki, mobil oper­a­tor­larn­ing ajoyib xiz­mat­lari tufayli bu ko’rsatkich 6 soat­dan kam emas. Inter­net kafe­lar yoki boshqa yer­larni kuzat­san­giz, yosh­larga qo’shilib kap-katta kishi­lar "poker” yoki "quvnoq ferma” dard­iga mub­talo bo’lganini ko’rasiz.


    Bir ish qil­mo­qchi bo’lsangiz, diqqatin­gizni jam­lay olmay­siz. Hay­olin­giz doim sizn­ing sahi­fan­gizda qan­day yangi­lik­lar yuz berdi ekan degan o’y bilan band. Yoki doimo sizga kimdir nimadir yozishini kutib yashay­siz. Nati­jada esa qilay­ot­gan ishin­gizda unum bo’lmaydi. Diqqatin­giz buzil­gan­ligi sababli ish sifa­tini gapir­masa ham bo’laveradi. Ijti­moiy tar­mo­qga inson shu dara­jada o’rganib qoladiki, "www.odnoklassni|” sayt nomini ter­ay­ot­ganda "Nima uchun yana kiryap­man? Axir 30 soniya oldin kirdim, hech qan­day yangi­lik yo’q ediku?” degan savolni unitadi.
  • 2Madaniy Inqiroz
    Odnoklassniki.Ru va Moy Mir kabi vir­tual "mam­lakat­lar” borki, ularda betamiz jinoy­atchi­larga havas qilu­vchi yig­it­lar va Ledi Gagaga havas qilib behay­olikni targ’ib qilu­vchi o’zbek qizlar­in­ing soni ortib boray­ot­gani juda ham achi­narlidir. Qo’liga go’yoki haqiqiy sovuq qurol olib huddi olamni buzib yub­o­r­a­di­gan kishidek su’ratlarini qo’yishadi, vir­tual "do’stlari” yor­damida guruh­lar tuzishadi. O’zlarining ism­lar­iga qo’shimcha qilib "Gengsters”,"MISTER GUD BOY”, "M-CHil” ("Mafia Chilonzor"ning qisqar­tir­il­gan shakli) kabi nom­larni qo’yib olish­gan. Yoza­y­ot­gan gaplar­ida tez-tez so’kib tur­ishadi. Agar ular bilan hay­otda yuzma-yuz kelib qol­san­giz, ular asl­ida qo’yning og’zidan cho’p olma­gan bola ekan­lik­lar­iga guvoh bo’lasiz.


    Qizlarn­ing vir­tual hay­oti bu alo­hida masala. Aksariyat o’zini ko’z-ko’z qilu­vchi qizlar — juda ham e’tiborga mux­toj. Yig­it­lar­dan "+5″, podarka va maq­tovlar olish uchun o’zlarini turli ko’ylarga sol­ishga tayyor. (Ishonaver­ing, naqd ham­momda ko’kragini yarmi­gacha ochib tush­gan­lari ham ismini "MILAYA UZBECHKA” qo’yvogan.) Aqli bor yig­it­larga onalari kimn­ingdir ismini kelin­likka nom­zod sifatida tak­lif qil­ishsa, bir­inchi bo’lib qiz haqida dast­labki ma’lumot "Odnoklassniki.Ru” yoki "Moy Mir"dan qidiri­ladi. Shub­hali nimadir sezilsa, dar­rov javobini berishadi. Shu o’rinda:
  • Ba’zi yig­it­larga masla­hat: Yaxshi qiz o’zini "Odnoklassniki.Ru” yoki shunga o’xshash sahi­falarda xar hil turlanib, o’zini ko’z-ko’z qil­ishga muh­toj emas. Uning hari­dor­lari haqiqiy hay­otda bisyor.


    Ba’zi qizlarga masla­hat: Agar yigit axmoq bo’lmasa, hech qachon ijti­moiy tar­mo­qda o’zini ko’z-ko’z qil­gan qiz bilan oila qur­maydi. Bun­day poy­de­vorga quril­gan oila odatda mus­tahkam bo’maydi.
  • 3Oilaviy Inqiroz
    Bu yil yur­timizda "Mus­tahkam Oila” yili deb e’lon qilindi va hozir­danoq ko’p sayi harakat­lar bosh­lab yubo­rildi. Bularni faqat olqish­lamoq va qo’llab quv­vat­lamoq darkor. Bun­day qilin­ishiga sabab esa nafaqat oilada farovon­likni saqlash, balki o’sib boray­ot­gan ajral­ish­lar sonini kamaytirish hamdir.


    Maqo­lamiz markazi — ijti­moy tar­mo­qlar sababli qan­chadan qan­cha oilalar buzilib ketay­ot­gani, yoki er-xotin o’rtasiga sovuqchi­lik tushay­ota­gani ham sir emas. AHJ (Amerika Huquqshunoslar Jamiyati)ning bergan ras­miy bay­onotiga ko’ra, yil­dan yilga ijti­moiy tar­mo­qlar sababli ajral­ish­lar oshib bor­mo­qda. Anglyada esa 2011 yilgi ajral­ish­lar sonin­ing uch­dan bir qis­mida Face­bookn­ing hissasi katta.


    Tasavvur qil­ing, tur­mush qur­dingiz, oradan yil­lar o’tib xotiningizn­ing siz ko’rmagan "chi­royli” rasmi inter­net sahi­falar­ini beza­shni bosh­ladi. Yoki eringizni siz­dan avvalgi "ishqiy sarguzashtlari"ga ko’zingiz tushdi yoki kimdir kelib sizga xotiningizni avval­dan bil­ishini, u bilan "do’st” bo’lganini aytdi. Bun­day voqe­lar­dan keyin oila mus­tahkam­ligiga mening shub­ham bor.

    Bar­chaga Masla­hat: Vir­tual ishqiy sar­guza­sht­lar­i­dan voz kech­ing, yaqiniga ham bor­mang, oilan­giz mus­tahkam bo’ladi. Xudo hohlasa, farovon hayot kechi­ra­siz kelajakda.

  • 4Ijti­moiy va Tib­biy Inqiroz
    Ishona­manki qan­day­dir vaqt oralig’ida do’stlaringiz bilan yig’ilib, uchrashib tura­siz. Shaxsan men juda ko’plab davralarda bo’laman. Do’stlar bilan endi yuzma-yuz gaplashib, kul­ishib o’tiramiz deganda negadir mavzu "Odnoklassniki.Ru"dan boshqa joyga o’tmaydi. Yoki kimni­dir ko’rib qoldin­giz, u bilan endi suh­bat qura­man dega­nizda, har 5 daqiqada tele­foniga qarayveradi, diqqa­tini torta olmay­siz. (Albat­tada, axir MTS, Bilayn, Ucell kabi aloqa oper­a­tor­lari arz­ima­gan pulga cheklan­ma­gan ijti­moiy tar­moq xiz­mat­lar­ini tak­lif qilib turibdiku.)


    Tadqiqotchi Devid Der­bishaye (David Der­byshire) ga ko’ra ijti­moiy sayt­larda ko’plab vaqtni sarflash inson miyasiga asta-sekin ta’sir ko’rsata bosh­laydi va inson­ning vir­tual hay­ot­dan tashqaridagi muo­mala lay­oqati asta sekin pasaya bosh­laydi. Bu ayniqsa 18 yosh­dan kichik kishi­larda yaqqol bili­nadi. Yana, inson­larn­ing tin­im­siz o’z "profil"larini tek­shirib tur­ish­lari, "nima yangi­lik bor ekan?” deb sahi­falarni qayta-qayta yuk­lash­lari ularni eti­borga mux­toj qilib qo’yadi. Nati­jada esa, hay­otda ular har bir qil­gan harakat­lar­iga boshqalarn­ing bir zumda eti­bor berish­lar­ini hohlashadi.


    Hamma uchun masla­hat: Vir­tual hayot bilan haqiqiy hayot far­qini sezishni bosh­lang. Asta sekin ijti­moiy tar­mo­qlardagi vaqtin­gizni kamaytirib boring.

    Yuqoridag­i­lar bilan men "ijti­moiy tar­mo­qlarga butun­lay kir­maslik kerak” demo­qchi emas­man. Faqat ular­dan qan­day foy­dalan­ishni bil­ish lozim. Ularn­ing foy­dali taraflari ham yo’q emas. Ularn­ing yaxshi tomon­lari ham bor va ular­dan bir nech­tasini keltiramiz.

  • 1. Ijti­moiy tar­mo­qlar tufayli siz yaxshi xulqli, aqilli do’stlar ort­tirishin­giz mumkin. (Bu qarshi jins vak­ili bo’lishi shart emas)
    2. Avval­dan tani­gan inson­laringiz bilan munos­abar­larni yanada yaxshi­lashi mumkin.
    3. Siz bilan bir hil qiz­iqishdagi tan­ish­lar ort­tirishin­giz mumkin.
    4. Yangi ish qidirishin­giz mumkin.
    5. Uy vaz­i­falar­ini muhokama qil­ishin­giz mumkin (faqat ensan­giz qot­masin, ros­t­dan mumkin.)
    6. O’z mah­su­lotin­gizni reklama qil­ishin­giz mumkin.
  • Xulosa o’rnida shuni aytish loz­imki, erkin inson sifatida ista­gan vaq­timizda ijti­moiy tar­mo­qlar­dan uzila oladi­gan bo’lishimiz lozim, ularni ko’proq yaxshi maqsad­lar uchun ish­latib, ularda foy­dalan­ish vaqt­larim­izni chegar­alay bil­ishimiz lozim.

  • Muallif: Xurshidbek

    Manba: Fikrbank.com

Категория: Kompyuter va Internet | Просмотров: 1420 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]