Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 30 » Niyatni Butun Qiling! (Mutolaa)
14:52
Niyatni Butun Qiling! (Mutolaa)


Bir kishi har doim yaxshi hayot haqida orzu qilardi. Unga o’zining uyi, u yashayotgan sharoit, kiyib yurgan kiyim kechagi,, hullas uni o’rab turgan hamma hamma narsa unga yoqmas edi. U o’ziga o’zi har doim, nimaga hammada bor, menda yo’q deb hafa bo’lardi. "Agar katta uyim, chiroyli xotinim va ko’p pulim b’o’lsa mendan baxtli odam bo’lmasdi” der edi.

Kunlarning birida u sehrgarni uchratib qoldi:
- Men seni hamma gaplaringni eshitganman, - dedi Sehrgar, - men senga yordam berishni istayman. Istaganingni so’ra, bajo keltiraman.
Kishi rosa quvondi. Avvaliga u bo’lajak baxtiga ishonmadi:
- Nahotki shunaqa bo’lsa? Menimcha, sen buni evaziga menda narsa so’ramoqchisan, shunaqami?
- Yo’q! Menga xech narsang kerak emas. Sen anchadan beri o’z uying bo’lishini orzu qilasan, Men o’sha orzuingni amalga oshirishni istayman. Istaganingni so’ra! - debdi.
- Zo’r! – deb quvonibdi kishi , - menga katta uy, chiroyli xotin va xech qachon tugamaydigan ko’p pul kerak debdi.
- Yaxshi,- debdi Sehrgar, - ertaga uyqudan turganingda , so’raganlaringni hammasi senda bo’ladi.

Xaqiqatanda ertasi kuni ertalab u chiroyli katta uyda uyg’onibdi, uni chiroyli xotini uyg’otibdi. Nonushta tayyor, hamma narsa muhayyo. Bankda uning nomiga cheksiz hisob ochilibdi. U qancha sarflamasin pullar tugamasmish. Avvaliga u o’z ko’zlariga ishonmasdi. Hammasi tushga o’xshardi.

Shu tarzda kunlar ketidan kunlar, oylar ketidan oylar o’tibdi, ammo unga yana nimadir yetishmayotgandek tuyulardi. U o’ziga savol berardi, nima menga yetishmayapdi deb. U yana sehrgarni izlashni boshlabdi va uni topibdi.
- Nima men hamma narsam bo’lsa ham baxtsizman?
- Men sen so’ragan hamma narsani berdim! Endi baxtingdan rohatlanib yasha!
- Bunday qila olmayabman. Hayhotdek uyimda yolg’izdekman. Chiroyli ayolim ham meni quvontira olmaydi. Sen bergan pullar esa menga umuman quvonch keltirmayapdi. Nimaga, javob ber?
- Sen menda katta uy so’rading, ammo uni yoqimli va fayzli bo’lishini so’ramading. Sen mendan chiroyli Ayol so’radigan, lekin senga mehribon va tushunadigan bo’lishini so’ramading. Sen ko’p pul so’rading , ammo oo’sha pullar senga erkinlik, kuch va baxt keltirishini so’ramading, - deya javob berdi sehirgar.
- Raxmat! Endi men hammasini tushundim, - dedi u , - endi men shunaqasini hohlayman, shunaqasini ber!
- Yaxshi, agar sen o’zing bu narsani tushunib yetgan bo’lsang, unda o’zing borib o’shani o’zing yarat, - dedi sehirgar.

Kishi unga hop dedida, u bergan hamma narsani tashlab, o’z baxtini qidirgani ketdi.

Qissadan hissa shuki, nimaiki niyat qilsangiz, uni butun qiling.

Manba: Maslahat.uz
Категория: Psixologiya | Просмотров: 1422 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]