Internet orqali biznes yumushlarni amalga oshirish ehtitojiga javoban bugun ko’plab biznes ishbilarmonlar tarmoqlari yaratilgan va ular shiddat bilan ommalashib bormoqda. Xalqaro ishbilarmonlar tarmoqlari orasida Linkedin eng ommalashgan va tan olingan tarmoq hisoblanadi. Xalqaro tarmoqlar juda keng qamrovli bo’lgani uchun, alohida hudud va mamlakatlarda mahalliy ishbilarmonlar tarmoqlari ham yaratilmoqda.
O’zbekistondagi birinchi ishbilarmonlar tarmog’i
Hammamiz ham bugungi kunda O’zbekistonning o’z ishbilarmonlar tarmog’i borligini bilmaymiz. Prospectuz DGTAL LTD kompaniyasi yaratgan va 2012-yil iyun oyida O’zbekiston ishbilarmonlari e’tiboriga havola etilgan www.prospectuz.com tarmog’i internet orqali biznes aloqalarini mustahkamlash uchun barcha zamonaviy imkoniyatlarga ega.
Prospectuz tarmog’i bosh sahifasi
Prospectuz saytida a’zolik ikki tur – Standart va Pro (professional). Standart a’zolik barcha uchun bepul va sayt imkoniyatlaridan cheklangan holda foydalanishga imkon beradi. Professional a’zolik oylik, choraklik yoki yillik to’lov asosida taqdim etiladi va saytning barcha imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanishga imkon beradi.
Tarmoqning asosiy maqsadi mahalliy ishbilarmonlariga o’zaro va chet ellik biznes vakillari bilan mustahkam aloqalar o’rnatishlari uchun barcha vositalarni ta’minlab berishdir. Sayt maqsadlari va yo’nalishidan kelib chiqib, a’zolar uch guruhga ajratiladilar:
• Guruh A – o’z faoliyatini O’zbekiston hududida olib borayotgan professional va tadbirkorlar
• Guruh B – o’z faoliyatini chet elda olib borayotgan O’zbekistonlik professional va tadbirkorlar
• Guruh C – O’zbekiston bilan biznes aloqalar o’rnatishga va mahalliy hamkorlar topishga qiziqqan chet ellik professional va tadbirkorlar
Prospectuz tarmog’ida a’zolar guruhi
Prospectuz DGTAL O’zbekistonda biznes rivoji uchun o’z xissasini qo’shish maqsadida Prospectuz tarmog’ida O’zbekistonda o’z faoliyatini olib borayotgan a’zolar (Guruh A) uchun Professional a’zolikni bepul taqdim etiladi.
Prospectuz tarmog’ida nimalar qilish mumkin?
Unumli foydalanganda Prospectuz tarmog’i biznes aloqalaringizni mustahkamlashda katta amaliy yordam berishi mumkin. Ishbilarmonlar tarmog’idagi ishtirokingiz Prospectuz saytida ro’yxatdan o’tib, o’z profilingizni yaratishdan boshlanadi. Profilingiz qancha batafsil ma’lumotlar bilan boyitsangiz, tarmoqda foydali tanishlar orttirishingiz ehtimoli shuncha yuqori.
Prospectuz tarmog’i a’zosi profili
Profilingiz professional ko’rinishda bo’lishi uchun quyidagi holatlarga e’tibor bergan ma’qul:
• Asosiy suratni tanlashga alohida e’tibor – suratsiz profil juda yoqimsiz ko’rinadi. Bundan tashqari, suratsiz yoki noprofessional suratlar qo’yilgan profil boshqa foydalanuvchilarda shubxa uyg’otadi – ishbilarmonlik aloqalari esa avvalo ishonchga asoslanadi.
• Ish-faoliyatingiz haqida to’liq ma’lumot bering – tarmoqning boshqa a’zolari sizning profilingizni siz bilan biznes aloqa o’rnatish uchun ko’radilar. Ish-faoliyati haqida ma’lumot bermagan mutaxassis yoki tadbirkor bilan kimdir qiziqishi qiyin.
• Tashkilotingiz haqida ma’lumot kiriting – Prospectuz tarmog’idagi a’zolarni tashkilot nomiga va faoliyat turiga qarab ham topish mumkin. Shuning bois tashkilotingiz, uning faoliyat turi, boshqaruv shakli haqida to’liq ma’lumotni kiriting, toki ehtimolda siz bilan hamkor bo’lmoqchi bo’lgan boshqa a’zolar sizni oson topishsin.
• Profilingizni kerakli tilde yarating – mahalliy hamkorlar va biznes aloqalar orttirishga qaratilgan profillarni o’zbek yoki rus tilida yaratgan va to’ldirgan ma’qul. Chet ellik hamkorlar bilan biznes aloqalarni mustahkamlashni ko’zlab ochilgan profil ingliz yoki rus tilida bo’lgani maqsadga muvoffiq.
O’z maxsulot va xizmatlarini targ’ibot qilmoqchi bo’lgan ishbilarmonlar uchun ham Prospectuz keng imkoniyatlar taqdim etadi. Tarmoqning "Bozor” bo’limi – butun bir virtual savdo maydonchasi. A’zolar u yerda o’z maxsulot va xizmatlarini e’lon qilishlari, ularga doir surat va videolavhalar joylashtirishlari – hatto o’z maxsulotlarini tarmoq orqali sotishlari mumkin.
Prospectuz tarmog’ining "Bozor” bo’limi bosh sahifasi
Bilamizki, biznes sarmoyalar – har qanday ishbilamonlik faoliyatining ajralmas qismi. Kimdadir ilg’or biznes g’oya bo’la turib, uni amalga oshirishga moliya yetishmasligi mumkin. Yoki kimdir sarmoya kiritib foyda olish uchun yangi biznes g’oyalarini izlayotgan bo’lishi mumkin. Ilg’or g’oyali tadbirkorlarni hamkorlikka moyil sarmoyadorlar bilan yuzlashtirish uchun Prospectuz "BizInvest” dasturini taqdim etadi. Bu dastur tarmoq a’zolari orasida g’oya egasi bo’lgan tadbirkorlar va sarmoya egalari bir-birlarini oson topishlariga xizmat qiladi. U talab etilgan sarmoya miqdori, sarmoya hududi va sanoat sohasi – va boshqa ko’plab mezonlarga qarab sarmoyadorlar va sarmoya izlovchilarni moslab beradi.
Prospectuz tarmog’ining "BizInvest” bo’limi bosh sahifasi
Foydalanuvchilarga qo’shimcha qulaylik sifatida Prospectuz tarmog’ida "Media” bo’limi yaratilgan. Bu yerda barcha a’zolar o’z suratlari, audio va videolavhalari va boshqa hujjatlarni joylashtirishlari mumkin. Bu, aytaylik, veb (grafik) dizaynerlar, professional suratkashlar, bastakorlar va videomantaj ustalariga o’z ish namunalarini ommaga e’lon qilish va shu bilan yangi mijozlar topishga imkon beradi. Tadbirkorlar ham o’z maxsulot va xizmatlariga doir media fayllarni shu yerda maxsus to’plam tarzida e’lon qilishlari va yangi xaridorlarni jalb etishlari mumkin.
Prospectuz tarmog’ining "Media” bo’limi bosh sahifasi
Bundan tashqari, Prospectuz tarmog’ida siz turli professional guruhlarga a’zo bo’lishingiz – yoki o’z guruhingizni ochishingiz va unga do’stlaringiz va ishbilarmon tanishlaringizni taklif qilishingiz mumkin. Shuningdek, tarmoqda turli biznes-tadbirlar uyushtirish, ularga barcha tanishlarni taklif qilishingiz mumkin. Tarmoqning bu jihatlaridan omma bilan aloqa (PR) mutaxassislari o’z tashkilotlarini targ’ibot qilishda foydalanishlari mumkin.
Xulosa o’rnida…
Biznes yuritishda internet vositalarining ahamyati kudan-kunga oshib bormoqda. Zamonaviy ishbilarmon odam bu jihatga alohida e’tibor ajratsagina, biznesda sezilarli yutuqlarga erishishi mumkinligi hammamizga ayon. Ishbilarmonlarni internet sarhadlarida bir joyga jamlaydigan tarmoqlarda faol a’zolik, albatta, bunda eng manfatli faoliyatlardan biridir.