Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 29 » O'zbeksitonda Qanday Elektron To'lov Tizimlari Bor?
14:40
O'zbeksitonda Qanday Elektron To'lov Tizimlari Bor?


Ma`lumki elektron tijorat rivojlangani sari undagi tovarlar va xizmatlar uchun pul to’lashimizga to’g’ri keladi. Lekin bizda hozirgacha odamlar internet orqali pul to’lab biror narsa sotib olishlari qiyin bo’lmoqda, negaki bizda hali elektron to’lov tizimlari yaxshi rivojlanmagan emish. Man shu sababdan ham ushbu maqolamni yozdim. Mani fikrimcha O’zbekistonda yetarlicha elektron to’lov tizimlari bor, lekin ulardan real foydalanadigan saytlar kam. Quyida

O’zbekistondagi ayni damda mavjud electron to’lov tizimlarini va ular haqida qisqacha ma`lumot keltirib o’taman:

  • 1Paynet – bu tizim hozirda o’zbekistonda eng rivojlangan to’lov tizimlaridan biri bo’lib qolmoqda. Unga ulangan saytlar:
    Torg.uz
    Igry.uz
    Stars TV
    Baho.uz
    Nihol.uz
    my Job.uz
    IBOZOR.UZ
    Tcity.uz
    Allsoft.uz
    Muz.uz
    Megaskidka.uz
    Vipskidki.uz
    Groupon.uz
    Zor.uz
    Superskidka.uz
    Malina.uz va hokazo…. Yani bugunga kelib shu saytlar uchun paynet orqali pul to’lashingiz mumkin.
    Paynet

    Saytga paynetni qanday realizatsiya qilinadi? – shaxsan o’zim shu ish bilan qiziqib ko’rganimda bir chiroyli ovozli operator qiz manga –"Siz bizga kommerchiskiy predlojeniya tashlang biz kompaniya boshliqlari bilan uni ko’rib chiqib o’zimiz bog’lanamiz dedi. ” naqadar "ta`sirli” so’zlar. Buni bazan ishchilarni o’z lavozimiga layoqatsizligi deb qarasak ham bo’ladi. Chunki butun boshli bir saytni shu tizimga ulaymiz deb turilsayu bu qizimizni aytayotgan gaplarini qarang. Bundan qanoatlanmay yana surishtirdim, aytishlaricha kompaniya ofisiga borib, kerakli odamlar bilan gaplashilsa saytingizni paynetga ulashingiz mumkin ekan. So’ng wsdl faylni yuklab saytga realizatsiya qilasiz, buning uchun mahsus dokumentatsiya beriladi, buni asosan web programmistla qilishadi. Paynet ko’rsatgan xizmati uchun olib qoladigan kommissionniy pulini shartnomada kelishilar ekan…

  • 2 Samonline – Samarqand Online Banking hozirda eng ko’p online to’lov xizmatlarini amalga oshirayotgan banklardan biri.
    Samonline
    Unga ulanish uchun:
    1) Ulanish shartlari bilan tanishib chiqing. Tizimga ulanish uchun sizning saytingiz bir qancha talablarga javob berishi kerak, talablar ssilkani samonline.uz/saminfo/index.php sahifadan topishingiz mumkin
    2) Ulanish sxemasi bilan tanishib chiqing. Sxema bilan tanishish samonline.uz/shop/ ssilka bilan borsangiz bo’ladi.
    3) Samonline bilan shartnoma tuzasiz.
    4) Texnik ulanish amalga oshiriladi.
    Bu haqida yanada to’liqroq ma`lumotni samonline.uz saytidan olishingiz mumkin. To’lov tizimiga ulangan sayt foydalanuvchilari saytga pul to’lash uchun samonlinedan registratsiyadan o’tadilar, so’ng ularga electron raqamli imzo (parol) beriladi. Qachonki saytda to’lovni amalga oshirmoqchi bo’lsalar ana shu kodni saytdagi kod kiritiladigan joyiga yozishadi va shu bilan to’lovni amalga oshirishlari mumkin bo’ladi. Bunga misol tariqasida pul to’lashni demo versiyasini ishlatib ko’rishingiz mumkin: http://samonline.uz/shop/demo/test.php
  • 3 WEbSum- ООО «E-SERVICES HOUSE» kompaniyasi 2010 yil iyun oyida ro’yxatdan o’tgan kompaniya bo’lib u O’zbekistonda internet to’lov tizimlarini rivojlantirish maqsaidida ishga tushirilgan. Bu kompaniya "WEBSUM” savdo markasi ostida xizmat ko’rsatadi. Bugunga qadar Texnoserv, Savdo-sanoat palatasi, BEM, Samarqand bank, torg.uz, Uzdigital TV, Platinium Connect, Cron Telecom, Ars Inform, comnet kabi yirik tashkiltolar bilan xamkorlikni yo’lga qo’ygan. Bu sayt orqali Web-Money tizimiga pul tushirish imkoniyati bor. Bugunga qadar comfy.uz, pozdrav.uz, nav.uz, inmarket.uz, nazakaz.uz, tabaka.uz, matras.uz kabi internet magazinlariga to’lovlarni to’lash imkoniyati bor.
    Websum

    Siz agar bu tizim abonentiga aylansangiz o’z hisobingizni:
    1. АИКБ "Ипак Йўли"
    2. ОАК «Туронбанк»
    3. ОАКБ «Samarkand»
    4. ОАКБ "Уктамбанк"
    5. ЧОАКБ «Invest Finance Bank»
    6. ОАКБ "Микрокредитбанк"
    7. Национальный Банк ВЭД РУз
    8. ГАКБ "Асака" OAO
    9. АКБ "Узпромстройбанк"
    10. АК "Агробанк"
    11. ГК Народный банк
    12. АКИБ "Ипотекабанк"
    13. АОЗТ "UzKDB"
    14. АК "Кишлок курилиш банк"
    15. ЧОАББ "Трастбанк"
    16. АК "Алокабанк"
    17. ЗАО "Узбекско-Турецкий банк"
    18. Узбекско-Германский АКБ "Савдогар"
    19. ЧЗАКБ "Даврбанк"
    20. ЧОАКБ "Кредит-Стандарт"
    21. ОАКБ "Капиталбанк"
    22. ДБ "Садерат Иран"
    23. АКБ "Хамкорбанк"
    24. ЧОАКБ "Универсалбанк"
    25. ЧОАКБ "RAVNAQ-BANK"
    26. ЧОАКИБ "Туркистон"
    27. ЧOAКБ "Amirbank”
    28. ЧЗАКБ «Hi-Tech Bank»
    29. ЧОАКБ «Asia Alliance bank»
    30. ЧЗАКБ "Orient finans"
    Kabi banklar orqali to’ldirish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Bunda sizga kiritgan pulingiz miqdorida websum – internet valyuta birligi beriladi. So’ng siz bu valyuta yordamida websum qabul qiladigan internet saytlarida to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin bo’ladi.
    Tariflar:
    Наименование Комиссия
    Регистрация Бесплатно
    Абонентская плата 0 сум
    Услуги WEBSUM 0 %
    Пополнение кошелка (wsm) по средствам webmoney WM 0 %
    Вывод на webmoney WM 0 %
    Вывод на лицевой счет 3 %
    Вывод на пластиковую карту 3 %
    Переводы с кошелка (wsm) на кошелёк (wsm) 1 %
    Интернет банкинг SAM.online 3 %

    Azo bo’lish uchun to’liq ma`lumotlar websum.uz saytida berilgan.
    Websumni o’z saytingizga o’rnatish uchun sizga maxsus MERChANT kerak bo’ladi. Uni sicriptini saytdan (www.websum.uz/index.php?mng=pages&type=merchant&lang=rus) ko’chirib olishingiz mumkin. Ko’chirib olingan scriptni mahsus joyidagi (scriptda kommentariya bilan yozilgan) parametrlarga o’zingiznikini o’rnatib qo’yasiz. Qolgan barcha ma`lumotlarni tizim saytidan topishingiz mumkin.

  • 4
    SMS to'lov

    Sms to’lov – sms to’lovni asosiy ishlash prinspi bu avvalo ushbu tizimdan ro’yxatdan o’tasiz, ro’yxatdan o’tishda sizning biror bankdagi hisob raqamingiz (masalan har oy maoshingiz tushadigan plastic kartangiz hisob raqami) tizimga ulanadi va siznin mobil telefoningizga mahsus dastur o’rnatib beriladi. Bu dasturga kirish uchun sizga login va parol va electron raqamli imzo beriladi. To’lovni amalga oshirish uchun telefoningizdan dasturni yoqasiz, unga pin kod (5555) ni terasiz, so’ng login parol terasiz, so’ng oplatitni bosib, nimaga to’lash kerak bo’lsa ushani tanlab to’lovni amalga oshirasiz. Bu haqida to’liq ma`lumotga ega bo’lmoqchi bo’lsangiz marxamat: www.smst.uz/help21 sms to’lov orqali xattoki uyingizda o’tirib paynetdan o’z telefon raqamingiz hisobiga pul tushirishingiz mumkin. Undan tashqari bir qator supermarketlarda ham sms to’lov orqali pul to’lay olasiz, shu bilan birga internet saytlari uchun ham, masalan megaskidka.uz sayti hozirda shu to’lov tizimidan ham foydalanmoqda. To’lovni o’z saytingizda realizatsia qilish uchun yaxshisi sistema administratsiyasi bilan bog’lana qolin :) : (+99890) 370 70 58 (+99890) 954 66 69

  • 5 SmartVista card – plastic kartochkalari. Hozirgi kunda uzcard o’rniga chiqishi kutilayotgan online plastic kartalar. Bu plasrik kartochkalari bilan internet saytlari uchun ham pul to’lash mumkinligi aytilmoqda. Hozirda bu proyekt ustida Markaziy bank, Moliya Vazirligi, Aloq va Axborotlashtirish agentligi kabi yirik tashkilotlar ish olib borishmoqda, ajabmaski yaqin 2,3 yil ichida bu plastic kartochkalari ham muomalaga qo’yilsa…
    Uzkart
  • 6 Beesyst - electron to’lov tizimi. Bu tizimda ham hozirda juda ko’plab xizmatlarga pul to’lash mumkin.
    Beesyst

    To’g’risi hali o’zim ham bu haqida to’liq tanishib chiqmaganim bois sizlarga tanishib chiqish uchun bu tizimni saytini keltiraman : www.beesyst.com albatta tanishib chiqishni maslahat bergan bo’lardim. Chunki bu kompaniya ham ancha rivojlanib kelmoqda.

Manba: Maslahat.uz
Категория: Kompyuter va Internet | Просмотров: 6259 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
Написал: Nodirbek
29.11.2012, 14:44 1 7

www.beesyst.com maslahat beraman pul elektron to'lov orqali siz obmen qilishingiz, telifon hisobini to'ldirish, gaz, chiqindi, va hokozolarni to'lashingiz mumkin.
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]