Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 25.04.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 29 » O'zingizni o'zgartiring! (Mutolaa)
14:02
O'zingizni o'zgartiring! (Mutolaa)



Qadim qadim zamonlarda, bitta shaharda bir kishi yashagan ekan. Kunlarning birida u hayot haqida o’ylab ko’rib, uni o’zgartirishga qaror qilibdi. Dunyoni bundanda go’zal, bundanda yaxshiroq, bundanda zamonaviyroq qilishni istabdi.

Shuda u o’z oldiga maqsad qo’yibdi, "Mana shu 7 yil ichida men dunyoni o’zgartiraman.”, debdi. Va o’sha yeti yil ichida u ko’p odamlar bilan uchrashibdi, davlat boshliqlari, davlat arboblari bilan suhbatda bo’libdi. Hammani xurmatini qozonibdi, mashxur bo’lib, nomi tarqalibdi. Shu tariqa oradan yetti yil o’tibdi, ammo dunyoni o’zgartirolmapdi.

Shunda u: " butun dunyoni o’zgartirish qiyin ekan. Yaxshisi, men birinchi davlatimni o’zgatiraman. Bizni davlatimizni o’zgarganini ko’rgan boshqa davlatlar, bundan o’rnak olib, ular ham o’zgaradi.”, debdi. "Bu biroz vaqtni oladi, ammo dunyo aniq o’zgaradi. Buning uchun menga 700 kun yetarli.” Debdi va ishag kirishibdi. U mamlakat prezidenti bilan ko’rishibdi, undan o’ziga kerak bo’lgan hamma yordamni olibdi. Bu vaqt ichida u deyarli uxlamapdi, katta-katta korxona rahbarlari bilan uchrashibdi, siyosiy partiya boshliqlari bilan suhbatlashibdi, mashxur odamlardan maslahatlar olibdi. Ammo oradan 700 kun o’tgach, mamlakat o’sha-o’sha holda qolibdi, uni o’zgartira olmapdi.

"Attang!”, - debdi u, "Agar men o’z mamlakatimni o’zgartira olmasam, unda o’zimni shaxrimni o’zgartiraman. Buning uchun menga 7 oy yetadi.” Debdi va ishga kirishibdi. U bu vaqt moboynida shaharning har bir aholisi bilan suhbatlashib chiqibdi, tartibbuzarliklarni o’z nazoratiga olibdi, ammo oradan 7 oy o’tsa hamki shahar o’zgarmabdi.

Oxir- oqibat u charchabdi. "Mana, mana shuncha ish qildim, ammo shaharni ham o’zgartirolmadim. Balki ayolimning fe’lini o’zgartira olarman. Ishonaman, bunga 7 hafta yetarli. ”, deya ishga kirishibdi. Ammo bu gal ham u xech bir natijaga erisha olmapdi.

Bunday omadsiliklarga uchragan kishi o’tirib, o’zining o’tgan umri haqida uzoq o’ylabdi. Shunda unga bir fikr kelibdi: "Balki, o’zgarishni eng birinchi o’zimdan boshlarman? Kel yaxshisi, mana shu 7 kun ichida o’zimni butunlay o’zgartiraman. ” 7 kundan so’ng u o’zgaribdi. U o’zgargan kundan boshlab – uning ayoli, ona shaxri, uning mamlakati va butunh dunyo o’zgaribdi.

Qissadan hissa shuki, biror narsani o’zgarishini istasangiz, avvalo o’zingiz o’zgaring, shunda siz istagan narsa va kishi ham o’zgaradi.

Manba: Maslahat.uz
Категория: Ta'lim | Просмотров: 1188 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]