Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 29 » Onamning 8 Yolg’oni… (Mutolaa)
13:02
Onamning 8 Yolg’oni… (Mutolaa)



Onamning ilk yolg’oni bolaligimdan boshlangan. Unda kambag’al edik, yeyishimizga yetarlicha ovqat hamma vaqt ham uyimizda topilavermas edi. Ovqatlanayotan vaqtimiz onam doim o’zining ovqatidan mening kosamga yana solib berardilar. "O’zingiz yeng”, - desam, "Ol o’glim sen ye. Men unchalik ochmasman”, - der edilar.

Bu onamning birinchi yolg’oni edi.

Ulg’ayganim sari, onam uyimiz yaqinidagi daryodan baliq tutib berardilar. Uning aytishicha, baliqda bola ulg’ayishida katta yordam beradigan vitaminlar ko’p ekan. Bir safar onam bir dona baliq tutdilar va undan baliqli sho’rva tayyorladilar. Ovqatlanar ekanmiz, onamning sho’rvasida baliq yo’qiligiga ahamiyat berdim, ularga kosamdagi baliq bo’laklaridan birini berib, "Siz ham yeng”, - dedim. Onam esa "O’zing ye, o’glim. Men baliqni unchalik ham yoqtirmayman.”, - dedilar.

Bu onamning ikkinchi yolg’oni edi.

Maktab yoshiga yetganimda maktabga chiqdim. Onam meni o’qitish uchun uyimiz yaqinidagi Gugurt zavodida ishlay boshladilar. Uyga gugurt donalarini olib kelib, qutisiga joylshtirishlari kerak bo’lardi. Bu ish orqali arzimagan pul topsalarda, ro’zg’orimizning bir uchini qoplardi. Qish tunlarining birida uyg’onib ketdim, qarasam yarim tun bo’lishiga qaramay, onam sham shu’lasida gugurt donachalarini qutisiga joylashtirardilar. Onamga "Oyijon, uxlang, qarang kech bo’lib ketganini. Ertalab davom etdirarsiz. Kamiga qattiq charchagandingizku. ”, - dedim. Onam esa " O’zing uxlayver, o’glim. Meni uyqum kelmayapdi”, - dedilar.

Bu onamning uchinchi yolg’oni edi.

Maktabni tugatgach, davlat imtihonlarini topshirishimga to’gri keldi. Yozning qoq o’rtasi bo’lgani uchun, kun juda issiq edi. Imtihonga kirib ketganimda, onam meni chiqshimni kutib o’tirdilar. Imtihon tugab chiqqanimda, onamni oldiga yugurdim. Onam meni quchoqlab, o’zi bilan olib kelgan suvidan bir payola quyib berdilar. Onamni kunning issig’idan terlab ketganlarini ko’rib, "O’zingiz ham iching”, - dedim. Onam esa "Sen ichaqol, o’glim. Men hali chanqamadim”, - dedilar.

Bu onamning to’rtinchi yolg’oni edi.

Otamning o’limidan so’ng, onam ro’zg’orni bir o’zi tebratishlariga to’gri kegandi. U yana qo’shimcha ishlar qilardi. Ammo sharoitimiz brogan sari og’irlashardi, biz ochlikdan aziyat chekardik. Uyimiz yaqinida yasahydigan tog’am kunora kelib kattayu-kichik muammolarimizni hal qilishda ko’maklashardilar. Ahvolimiz og’irlashayotganini ko’rayotgan qo’shnilarimiz onamga yana turmushga chiqish kerakligini maslahat qilishardi. Lekin onam ularning gaplariga qarata "Menga muhabbat kerak emas” der edilar.

Bu onamning beshinchi yolg’oni edi.

O’qishimni tugatgach, ishlashni boshladim. Bu onamni nafaqaga chiqib dam olish paytlari edi. Onam esa dam olish o’rniga, pul topishda davom etardilar. Har kuni ertalab bozorga tomorqamizdan chiqqan sabzavotlarni oborib sotar edilar. Topib kelgan pullarimni onamga bersa, onam qaytarib berardilar. "Nimaga unaqa qilasiz?”, - deb so’rasam, onam "Meni pulim yetarlicha” der edilar.

Bu onamning oltinchi yolg’oni edi.

Bir oz ishlab yurgach, o’qishimni magistraturada davom ettirishni boshladim. Mening o’qishimning harajatlarini Amerika korparatsiyasi qoplar edi. O’qishlarimda va ishlarimda muvaffaqiyat qozonganim uchun, ular maoshimni juda yuqori qilishdi. Yaxshi pul topishni boshlagach, onamni Amerikaga olib kellishga qaror qildim. Axir onam ham shuncha qiyinchaliklarini rohatini ko’rishi kerak ediku. Bu haqida onamga aytganimda, onam bu taklifimni rad etdilar. Onam "Men unaqa dabdabali hayotda yashashga o’rganmaganman”, - dedilar.

Bu onamning yettinchi yolg’oni edi.

Kunlarning birida onamning betobligi haqida habar keldi. Onam saraton kasalligidan aziyat chekardilar, ularni shifoxonaga yotqizishdi va operatsiya qilishdi. Bir kuni onamni ko’rgani bordim. Onam to’shakka mixlanib qolgan edilar. Onam meni ko’rib jilmayishga harakat qilar edilar. Onamni ko’rib yuragim ezilib ketdi, sababi onam juda ozg’in va nimjon bo’lib qolgandilar. Lekin onam shunda ham menga qarab "Yig’lama, o’glim! Mening xech qayerim og’rimayapdi. Men juda yaxshiman.”

Bu onamning sakkizinchi yolg’oni edi.

Onam shu sakkizinchi yolg’onini aytib, olamdan ko’z yumdilar.

Manba: Maslahat.uz
Категория: Oila | Просмотров: 1067 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]