Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 29 » Operativ Xotira
14:29
Operativ Xotira



Operativ xotira kompyuterning asosiy qurilmalaridan biri bo'lib, u energiyaga bog'liq xotira hisoblanadi, yani undagi ma`lumotlar kompyuterni energia manbaidan uzganingizda o'chib ketadi.

Operativ xotirani kompyuterda bajaradigan vazifasi shundan iboratki, ayni damda ekranda ko'rsatib turilgan ma`lumot va miktoptotsessor yuklagan jarayonlarni saqlab turish uchun ishlatiladi. Mikroprotsessor biror jarayonni ko'p marta ishlatsa, va ayni damda ishlab turgan dasturlar uchun kerakli jarayonlarga ko'p marta murojaat qilishga to'g'ri keladigan bo'linsa, uni xar safar qattiq diskdan borib o'qib kelavermaslik uchun ham operativ xotiraga yuklab qo'yadi. Operativ xotirani quyidagi parametrlari bor:
Tip : operativ xotirani bugungacha bir necha xil tip (tur)lari bor. Bular
-SIMM;
-DIMM;
-DDR
-DDR2
-DDR3
bular bir-biridan ko'rinishi, xotira xajm, chastotasi va boshqa parametrlari bilan farqlanadi.
Operativ xotira xajmi: tipidan kelib chiqib bir-biridan farqlanadi. Ona platada operativ xotira qurilmasi uchun 2 va undan ortiq joy bo'lishi ham mumkin. Bugungi kunga kelib DDR3 turidagi operativ xotiralarni 3-4 Gb xajmlilari va undanda yuqori hajmlilari ham bor. DDR2 turidagi operativ xotiralarda 1-2 Gb yuqori hajm hisoblanar edi. Operativ xotirani xotira xajmi haqida gap ketganida operatsion tizimni ham hisobga olish kerak bo'ladi. Chunki agar, operatsion tizim maksimum 2 Gb ma`lumot bilan ishlay olsayu, operativ xotira hajmi 8 Gb bo'lsa, unda qolgan 6 Gb ishlatilmay yotaveradi. Tuzlishi jihatidan DDR3 - DDR2 dan ancha kichikroq ko'rinishda bo'lsada, ko'pgina parametrlari undan yuqoridir.
Chastotasi: bu ona plata bilan ma`lumot almashish vaqtida operativ xotira kanalidan qanchadir vaqtda (masalan bir sekundda) necha marta ma`lumot o'tish ko'rsatkichidir. Operativ xotira chastotasi haqida gapirilganda, ona platadagi operativ xotira portlari bilan mikroprotsessor orasidagi shinani chastotasini ham hisobga olish kerak, chunki operativ xotira chastotasi 1600 Mhz bo'lsayu, ona platadagi operativ xotirani mikroprotsessor bilan ulovchi shina chastotasi 1066 Mhz bo'lsa, unda maksimal operativ xotira va mikroprotsessor o'rtasidagi ma`lumot almashish tezligi 1066 Mhz dan oshmay turaveradi.
Operativ xotira Taymingi: bu ma`lumotni operativ xotira modullari orasida o'tayotganida ushlanib qoladigan vaqti hisoblanadi. Bunday parametrlar ko'p xisoblansada, asosiy 4 tasi quyidagilar:
1. CAS Latency
2.RAS to CAS Delay
3.RAS Precharge Time
4.DRAM cycle Time
Bu parametr operativ xotirani chastotasi bilan bog'liq bo'lib: qancha chastota katta bo'lsa, uni taymingi shuncha katta bo'lishi mumkin. Lekin bazi operativ xotira ishlab chiqaruvchi firmalarni mahsulotlarida "LOW Latency" degan yozuv bo'ladi. Bu degani- "katta chastotada-kam ushlanib qolish vaqti" ma`nosini beradi.
Kuchlanish: operativ xotira uchun ketadigan tok kuchi kuchlanishi. Albatta bunday ko'rsatkichi kichkina bo'lgan operativ xotiralar bo'lgani yaxshi. Lekin chastota qanchalik katta bo'lgani sari unga kerak bo'ladigan tok kuchi kuchlanishi ham shunchalik katta bo'lib boraveradi. Bu parametr yuzasidan "LV" - Low Voltage markirovkali operativ xotiralarni xarid qilish maqsadga muofiq bo'ladi.

Ishlab chiqaruvchi firmasi: taniqli ishlab chiqaruvchi firmalarni nomlari va shtrix kodlari tushirilgan mahsulotni olish sizni qalbaki mahsulotlardan saqlaydi. Bundan tashqari operativ xotira o'rnatilvotganida agar ona platada ular uchun taxmiman 4 ta slot (joy) ajratilgan bo'lsa qurilmangiz maksimal tezlikda ishlashi uchun slotlar sonini 2 ga bo'lasiz va har birini bitta oraliqda joylashtirasiz. Masalan, 4 ta slot bor, 4/2 va 1- operativ xotira qurilmasi 1- slotga 2- operativ xotira qurilmasi bittadan keyin, yani 3- slotga o'rnatilgani maqsadga muofiqdir. Keling endi biror operativ xotiraga tegishli markirovkani tahlil qilsak:
"DDR3 RAM 2Гб Goodram (1600МГц CL9 (9-11-11-29) 1.5V)"
- DDR3-> operativ xotira turi;
- RAM 2Gb -> operativ xotira xajmi;
- Goodram -> ishlab chiqaruvchi firma nomi;
- 1600 Mhz -> chastotasi;
- CL9 (9-11-11-29) -> tayming, ushlanib qolish vaqti;
- 1.5 V -> kerak bo'ladigan kuchlanish.

Manba: Maslahat.uz
Категория: Kompyuter va Internet | Просмотров: 1492 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]