Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 29 » Ozodalik va tozalik – kasalliklarni to’xtatadi!
13:58
Ozodalik va tozalik – kasalliklarni to’xtatadi!




Kasallikni davolashdan ko‘ra uning oldini olish yaxshiroqir. Agar biz sog‘lig‘imiz haqida ko‘proq jon kuydirsak, yaxshi ovqatlansak, uylarimizni va qishloqlarimizni toza saqlasak hamda bolalarimizni o‘z vaqtida emlatsak, ko‘plab kasalliklarning oldini olgan bo‘lamiz. Demak, bugun suhbatimiz kasalliklarning oldini oladigan eng oddiy va pul talab qilmaydigan narsa – ozodalik va tozalik haqida bo‘ladi...

Yuqimli kasalliklar qanday tarqaladi?

Gigiyena qoidalariga yaxshi rioya qilmaslik natijasida ko‘plab yuqumli ichak kasalliklari bir kishidan boshqalarga tarqaladi. Mikroblar va qurtlar (yoki ularning tuxumlari) kasallangan bemorlarning axlatlari orqali yuqadi. Ular kir barmoqlar, ifloslangan ovqat yoki suv orqali ham o‘tadi. "Axlatdan og‘izga” o‘tish yo‘li bilan tarqaladigan kasalliklar jumlasiga quyidagilar kiradi:
ichketar va ichburug‘, ya’ni dizenteriya (amyobalar va bakteriyalar orqali kelib chiqadi);
ichak qurtlari yoki gijjalar (bir necha turi);
sariq kasalligi, terlama va vabo;
poliomiyelit kabi boshqa kasalliklar ham shu yo‘l bilan tarqaladi.

Bu yuqumli kasalliklar (infeksiyalar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqishi mumkin. Masalan, qurti bor bola hojatga borgandan so‘ng qo‘lini yuvishni unutib, o‘rtog‘iga qand taklif qiladi. Uning barmoqlari yuzlab mayda qurt tuxumlari bilan to‘lgan o‘z axlati bilan ifloslangan (qurt tuxumlari juda maydaligidan ular ko‘rinmaydi). Bu qurt tuxumlarining ba’zilari qandga ham o‘tib qoladi va sog‘ bola ham o‘sha qandni iste’mol qilganidan keyin kasallanadi. Uning onasi bo‘lsa "Shirinlik yeganing uchun og‘riyapsan”, - deyishi mumkin, lekin bunday emas!

Ko‘p hollarda itlar, tovuqlar va boshqa hayvonlar yuqumli ichak kasalliklari va qurt tuxumlarini tarqatadilar. Masalan, (bu narsa haliyam uchrab turadi) ichketarga uchragan yoki qurti bor kishi uy orqasiga hojat qiladi. Biror hayvon (it, mushuk) og‘iz-burnini iflos qilgan holda uning axlatini yeyishi yoki bosib olishi mumkin. So‘ng o‘sha hayvon hovlida yuradi yoki uyga kiradi (qishloq joylarda). Bola uyda polda o‘ynaydi va shu yo‘l bilan kishi axlatining ozginasi bolaga ham o‘tadi va u ham kasallanadi. Bir necha vaqtdan so‘ng bola yig‘lashni boshlaydi va onasi uni yupatish uchun qo‘llariga oladi. Bolaning onasi qo‘llarini yuvishni esidan chiqarib, ovqat tayyorlaydi. Butun oila o‘sha ovqatni yeydi. Tez orada butun oila ham ichketar bo‘lib qoladi yoki qurtlar bilan kasallanadi. Mana sizga kasallik tarqalishining eng oddiy yo‘li.

Infeksiyalarning ko‘plab turlari xuddi qurt tuxumlariga o‘xshab, bir kishidan ikkinchisiga hozirgi ko‘rsatilgan yo‘l bilan o‘tadi. Agar yuqoridagi oila quyidagilardan biriga amal qilganida edi, kasallikning oldi olingan bo‘lardi:

· bemor maxsus ajratilgan joyga hojatga borganida;

· hech qachon har xil hayvonlarni uy ichiga qo‘ymaganida;

· bolalar o‘sha hayvonlar bosgan joylarda o‘ynamaganida;

· ona qo‘lini yuvib ovqat tayyorlaganida.

manba: salomat.uz


Категория: Salomatlik | Просмотров: 2709 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]