Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 29 » Pardoz Buyumlarini Tanlashda Nimalarga E'tibor Berish Kerak?
13:16
Pardoz Buyumlarini Tanlashda Nimalarga E'tibor Berish Kerak?




Pardoz buyumlari bilan shug’ullanuvchilar ham, uning haridorlari ham ko’payib ketgan. Ba’zida qalbaki narsalarni aslidan ajratib olish qiyin bo’ladi. ammo ko’p hollarda ularni quyidagi belgilardan ajratib olish mumkin. Ushbu tavsiylar orqali pardoz buyumlarni tanlashda qalbakisidan xaqiqiysini ajratvolishingiz osonlashadi. Sinab, tekshirib ko’ring.

Tavsiyalar:

  • Qadoqni yaxshilab tekshiring. Usti shikastlanman, bust-butun, qutisi, selofani va qog’ozi oily sifatli, yelimlari tashqarga chiqib ketmagan, yozuvi aniq va ravshan, bexato bo’lishi lozim. Qadoqqa o’zbek tilida mahsulot haqida bitilgan yorliq yopishtirilgan bo’lishi kerak. Qadoqsiz pardoz vositasini sotib olmang.
  • Shtrix-kodiga e’tibor bering. Undagi ilk ikki raqam ishlab chiqaruvchi davlatni bildiradi. Masalan, agar kod 400-440 raqamlari bilan boshlas, mahsulot Germaniyada ishlab chiqarilgan. Har bir mamlakatning o’z o’z shtrix kodi bor. UNi bu yerdan bilib olishingiz mumkin.
  • Purkaladigan atir (sprey)larni sotib olayotganingizda, purkagichiga e’tibor bering. Agar flakon ichida ko’rinib turgan purkagich nayi flakonning o’zidan uzunroq bo’lib, egilib, buralib tursa, bilinki bu qalbaki mahsulot. Atir shaffof bo’lishi kerak. Sepilgan atirni bilish uchun o’sha pukagich nayiga e’tibor bering, agar sepilgan bo’lsa naycha tiniq bo’ladi, sepilmagan bo’lsa naychada to’xtamlarga ko’zingiz tushadi.
  • Har bir kompaniya yangi mahsuloit haqida internetdan sayti orqali e’lon qiladi. Shunday ekan yangi mahsulot sizda shubha uyg’otayotgan bo’lsa, internetga bir mo’ralab qo’yishdan erinmang.
  • Professional qo’llanishga mo’ljallanganatirlar bzorlarga ochiq ommaga sotuvga chiqarilmaydi, ularni maxsus do’konlrdan sotib olishingiz kerak bo’ladi. shuning uchun, "Bundan manaman degan vizajistlar foydalanadi”deya maqtanayotgan bozordagi sotuvchilarning gaplariga ishonmang.
  • Ma’lumotlarga qaraganda, qalbaki pardoz vositalarining 90 foizini bozorlar, mayda do’konlar va ko’chalardan xarid qilishar ekan. Demak, pardoz vositasini faqat u ishlab chiqargan firmaningmaxsus do’konlaridan sotib olgan ma’qul.

Manba: Maslahat.uz
Категория: Go'zallik va Moda | Просмотров: 1673 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]