Главная »
2012 » Noyabr » 22 » Pishgan Tarvuzni Qanday Qilib Tanlash Mumkin? (Tavsiyalar)
19:15 Pishgan Tarvuzni Qanday Qilib Tanlash Mumkin? (Tavsiyalar) |
Yoz fasli kelib, hamma meva-chevalarning ayni pishiqchilik davri
boshlangan. Qovun-tarvuz yoz faslida o’zbek honadonlarining ajralmas
qismi desak, mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Shu tufayli bugun sizlarga,
pishgan tarvuzni qanday tanlash mumkinligi haqida aytib o’tmoqchimiz.
Ular amal qilish yoki qilmaslik esa bu o’zingizga havola!
Tavsiyalar:
- 1Yaxshisi, avgust oyi kelmasidan tarvuz harid qilmaganingiz
ma’qul. Tarvuz uchun xaridning eng erta vaqti iyul oyining oxrilari,
o’sha vaqtga kelib tarvuz ma’romida pishishni boshlagan bo’ladi.
- 2Pishgan tarvuzni po’stiga sekin ursangiz, jarangsiz tovush chiqaradi.
- 3Pishgan tarvuz kuchli qismasangiz ham qarsillagan ovoz chiqaradi.
- 4Xech qachon darz ketgan tarvuz xarid qilmang.
- 5O’ta katta tarvuz – bu juda ko’p ozuqalangan degani, o’ta
kichkinasi esa hali pishmaganini anglatadi. Yaxshisi siz o’rtacha
ko’rinishdagisini tanlaganingiz ma’qul.
- 6Ustida oq dog’lari o’ta katta bo’lsa bu uning pishmaganidan darak, yaxshisi dog’lari kichiklarini tanlaganingiz ma’qul.
- 7Pishgan tarvuz tirnog’ingiz bilan osson tirnaladi.
- 8Yo’l ustida sotilayotgan tarvuzni aslo xarid qila
ko’rmang. Turib qolgan tarvuzlar osonlikcha havodan nafas oladi va
buning oqibatida havodagi zaharli moddalarni ham yutadi.
- 9Tarvuzning qurib qolgan dumi – bu tarvuz pishgan, degani emas.
- 10Tarvuz ustidagi chiziqlar orasidagi tolalar oq bo’lishi
lozim, sariq bo’lsa - u azot tuzlari bilan to’yinganidan darak, bu esa
sizning sog’ligingiz uchun havfli.
- 11Bolalarga tarvuzning o’rta qismi ya’ni go’shtli joyini
berganing yaxshi,sababi u markaz qismi bo’lganligi tufayli unga har xil
zararli moddalar yetib bormagan bo’ladi.
- 12Tarvuzdan achqimtir ta’m chiqsa, aslo yeya ko’rmang.
- 13Qadimgi zamonda buvilarimiz tarvuzning po’chog’idan ham
ma’zali murabbolar tayyorlashgan, ammo hozirgi kunda bunday murabboni
tayyorlamagning yaxshiroqdir, sababi hozirgi kunda tarvuzlar turli
moddalar bilan oziqlantiriladi.
- 14Pishgan tarvuz nafaqat qizil bo’ladi, balki u shirin
bo’lishi ham kerak. Qizil va shirin bo’lmagan tarvuzlar odatda shprits
yordamida ukol qilingan bo’ladi. Dori uning rangini qizartirib berishi
mumkin ammo maza kirita olmaydi.
Manba: Maslahat.uz
|
Категория: Oshxona |
Просмотров: 1622 |
Добавил: Nodirbek
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[
Регистрация |
Вход ]