Главная »
2012 » Noyabr » 22 » Pitssa tayyorlash
|
Pitssa eng to’yimli va mazali taomlardan biridir. Uning ham turli
xillari bo’lib, (mevali, qo’ziqorinli, go'shtli va hk.) quyida eng oson
va tez tayyorlanish usulini bilib olishingiz mumkin. Oddiy pitssani 1
soat 35 daqiqada tayyorlash mumkin. Olti kishiga mo’ljallangan pitssa
uchun quyidagilar kerak bo’ladi.
Masalliqlar:
- 400 gr un
- Yarim choy qoshiq tuz
- 2 osh qoshiq zaytun yog’i
- 1 paket quruq xamirturush (drojje)
- 150 gr tovuq qo’shti
- 1 dona yashil bulg’or qalampir
- 200 gr pishloq (yoki ta’bingizga ko’ra)
- Yanchilgan qora murch.
Tayyorlanishi:
- 1 Un elanib tuz va quruq xamirturush sepiladi. Zaytun yo’gi
qo’shiladi. Oz-ozdan 200 ml qaynatilgan iliq suv quyiladi va
aralashtirib turiladi. Xamir bir xilda tekis qoriladi . Xamir
ko’tarilishi uchun uning ustiga sochiq yopib, 30 daqiqaga olib
qo’yiladi.
- 2 Tovuq go’shti, to’rtburchak shaklida to’g’raladi.
Yashil bulg’or qalampiri o’rtasidan ikkiga bo’linadi. Suv bilan chayib,
ingichka qilib somon shaklida to’g’raladi. 200 gr pishloq ham somon
shaklida kesiladi.
- 3 Xamir yana bir bor yaxshilab tekislanadi. Stol ustiga ozgina un sepib, yupqaroq qilib xamir yoziladi.
- 4 Pitssa patnis ustiga qo’yiladi. Shu holda 15 daqiqa turishi kerak.
- 5 Duxovka 200 gradusgacha qizdiriladi. Xamir ustiga tovuq
go’shti bo’laklari, somon shaklida to’g’ralgan bulg’or va pishloq
bo’laklari terib chiqiladi.
Pitssa, duxovkaning o’rtacha haroratida 30 daqiqa davomida
qo’yiladi. Tayyor bo’lgan pitssa ustini kashnichli ko’kat yoki halqa
shaklida yupqa to’g’ralgan oq piyoz bilan bezashimiz mumkin. Yoqimli ishtaha!
Manba: Maslahat.uz
|
Категория: Oshxona |
Просмотров: 1898 |
Добавил: Nodirbek
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[
Регистрация |
Вход ]