Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 29 » Qachon Yugurgan Foydali: Ertalabmi Yoki Kechqurun?
14:03
Qachon Yugurgan Foydali: Ertalabmi Yoki Kechqurun?



Yugurishni hamma yaxshi ko’rsa kerak, ammo agar siz yugurishni yoqtirmasangiz – unda bu yaxshi emas. Mazmunli hayot kechirayotganlarning ko’pchiligining ratsionida yugurish degan bo’lim bor albatta. Yugurish nafaqat sog’lom bo’lish uchun kerak, balki bizning kunimiz davomida qanday yurishimizga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Agar siz yugurish to’grisida niyat qilib turgan bo’lsangiz, avvalo yugurish vaqtingizni aniqlab olishingiz kerak, shundan so’ng yugurishga kirishsangiz bo’ladi. Bugun maslahat.uz sizlarga bu borada maslahat berishga qaror qildi, ya’ni ertalabki va kechki yugurishning ijobiy va salbiy taraflari haqida siz bilan o’rtoqlashmoqchimiz.

Ertalab yugursangiz:

  • Siz budilniksiz uyg’onadigan bo’lasiz – organizmingizni o’zi o’zi uchun bialogik ravishda uyg’onish soatini belgilab oladi.
  • Yugurish oson bo’ladi, sababi ertalabdan siz kuchga va energiyaga to’la bo’lasiz.
  • Yugurish sizga yaxshi kayfiyat va kuch beradigan bo’ladi, agar uni siz odatga aylantirsangiz.

Kechqurun yugursangiz:

  • Sizga qo’shimcha kuch beradi va tetiklashtiradi.
  • Sizni tinchlantiradi, stressni ketkazadi.
  • Kechasi uyqungiz yaxshi bo’ladi.
  • Kun davomida olingan kalloriyalarni parchalaydi. Ya’ni, ozish uchun yordam beradi.
  • Ishtahani bug’adi, natijada och qolmaysiz.

Yugurish uchun ma'qul vaqt:

Bundan tashqari, yugurish uchun ma’qul vaqtlar bor, buni bilib olsangiz, sizga yanada yengil bo’ladi. Bunday faol vaqtlar ertalabki 6-7, kunduzi 11-12, kechki payt 7-8. Ammo bu vaqtda yugurish uchun hammada ham vaqt hamda imkon toplavermaydi. Agar sizda ham shunday holat bo’lsa, unda quyidagini eslab qoling: ertalab uyizdan yugurishga chiqmasdan, ko’zingizni ochingda, yaxshi narsalar haqida o’ylab yoting. Kechqurun ham ishdan kelib o’zingizga 20 daqiqa dam bering. Eng muhimi, uyqudan 2 soat oldin siz faol holatda bo’lmang, ya’ni ish bilan band bo’lmang.

Endi sizga vazifa: ikkalasini ham 2 haftadan sinab ko’ring, siz uchun qaysi biri qulay bo’lsa, shunisini tanlaysiz. Shu orqali siz o’zingizga yoqadigan yugurish paytini tanlab olasiz. Yugurishda sizga omad tilaymiz!

Aslida sizga qaysi payt yugurish yoqadi: ertalabmi yoki kechqurun?

Manba: Maslahat.uz
Категория: Sport va Fitnes | Просмотров: 10018 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
Написал: Mubinaxon
05.10.2014, 11:05 1 143

Maslahat uchun rahmat! Hana bir qushimcha ertalab yugurib kechqurun toza havoda sayr qilish ham juda foydali
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]