Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 30 » Qanday qilib shamollamaslik mumkin?
15:24
Qanday qilib shamollamaslik mumkin?






Yilning sovuq oylarida – kech kuzdan to aprelning oxirigacha -  FARZANDlarimiz ko’p shamollashadi. Bu kasal bo’lishning sababi sovuqdan ham ko’ra, bolalarning yopiq, ayrim hollarda shamollatilmagan joyda bir-biri bilan o’ynashi hamdir. Agar bola bir yilda 8-10 marta shamollasa, buni normal deb qabul qilishingiz mumkin. Statistikaga ko’ra, bolalar bog’chasiga qatnaganda FARZANDlarimizning infeksion kasalliklarga chalinishi ehtimoli 12-15 martagacha ko’tariladi.

FARZANDingiz ko’p virus va bakteriyalar bilan tanishishga ulguradi

Bolalarning tug’ilgan paytidan to maktabga borgunicha 200 ga yaqin turli virus va bakteriyalar bilan tanishib chiqishi bugungi kunda ayniqsa ajablanarli yangilik emas. Har bir infeksiya qaysidir ma’noda FARZANDingizning immunitetiga ajralmas hissa qo’shadi.

Chaqaloqlar va emizikli bolalar esa  ona qornidayoq va keyinchalik sut orqali ularni infeksion kasalliklardan himoya qiluvchi muhim komponentlarni oladilar. 5-6 oylikka borganda bu zahira kamayib, bolada vaqtinchalik immunitet noziklashgan payt keladi.

Qanday qilib biz o’z FARZANDimizga immuniteti noziklashgan paytda yordam bera olamiz?

Ko’krak suti - ENG YAXSHI IMMUNITETNI KO’TARUVCHI VOSITA.

Emlashlar oddiy virusdan to eng xavfli kasalliklargacha himoya qiladi.

Chiniqtirish – ko’p infeksion kasalliklarni oldini olishning eng sinalgan usuli.

Klimat – muhit. Agar FARZANDingiz kvartirada bo’lsa, muhit sog’lom bo’lishi kerak. Yotoqxona juda issiq bo’lmasligi kerak (15-18 gradus), havo quruq bo’lgandan ko’ra, nam bo’lsa foydali.

Havo almashtirish – infeksiyalarga ta’sirchan bolalarda yaxshi samara berishi mumkin.
Manba: Farzand.uz
Категория: Salomatlik | Просмотров: 1707 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]