14:52 Qaysi Dasturlash tilini tanlagan ma`qul? | |
Aziz bolajonlar, man hozir sizlarga bir ertak so’zlab beraman. Yo’l yuribdi, yo’l yursa mo’l yuribdi. Juda ko’p yuribdi. Ba’zida charchab o’z fikridan qaytmoqchi xam bo’libdi. Ohiri so’ramoqchi bo’lganlaridan birichisi- Yaxyo(Yahoo.com) boboning oldiga kelibdi. U o’z yurtining oqil dono kishilaridan,shu sabab ko’p narsani bilar edi. Ayniqsa uning Aypay(API) degan jini bo’lib unga bir o’giz buyruq yetarli edi. U berilgan buyruqqa asoslanib istalgan narsa haqida ma’lumot olib kela olar edi. Abdullajon bu ma’lumotni kam bilibdi. Endi u maslaxat so’rash uchun Yaxyo bobo yaqinida turuvchi Graig(Graigslist.org)ning oldiga kelibdi. Bu zot ham dunyoda mashxur zotlardan edi. Kimga xizmatkor-mutaxasis kerak bo’lsa shu odamga murojaat qilar ekan. -Abdullajon endi qayoqqa borasan? Mani tanishim mashxur kutubxonachi, kitob xam bosib chiqaradi. Undan yaxshi ma’lumot olishing mumkin. Ismi Pavel(Powell’s Books — powells.com), qari ingliz. Ko’pchilik Pavel tog’a deb chaqiradi. Shuning oldiga ham borib ko’r, deya maslaxat beribdi Craig aka. Abdullajon ro’yhatni qabul qilib olgach, Pavel tog’adan yana kimning oldiga borish mumkinligi haqida so’rabdi.U esa unga Feruza(Freshmeat.net) xonimning oldiga borishni maslaxat beribdi.Feruza xonim turli ochiq kodli dasturlar yig’ar edi. Barcha Unix simon OS larda o’tiruvchilar uchun qimmatli insonlardan edi. U juda xam ochiq ko’ngil ayol ekan. Abdullajonning iltimosini 2 kunga qolmay bajardi va o’zining ro’yhatini taqdim etdi.U o’z ro’yhatini o’zida mavjud bo’lgan dasturiy vositalarning yozilish tiliga qarab farqlab berdi. Abdullajonni ketishidan oldin unga o’z ustozi Gogi(google.com/codesearch)ning oldiga ham bir kirib o’tishni tavsiya qildi. Yo’lida davom etgan Abdullajon ko’p o’tmay Gogining oldiga yetib kelibdi.Gogi xam yosh ekan. Abdullajon uni o’z xonasida o’tirgan holda topdi. Gogi juda xam boy inson ekan, shu sabab juda ko’p dasturchilarga homiylikni o’z bo’yniga olgan ekan. Uning ham ulkan qutisi bo’lib bu yerda ulkan miqdorda turli xil dastur kodlari mavjud ekan. Safarini tugatib, uyiga qaytishni maqsad qilib yo’lga chiqibdi.Yo’lda qayta yotib ikki do’stni uchratibdi. Birining ismi Dilshod (Del.icio.us), ikkinchisiniki Ohunjon(Ohloh.net) ekan. Ular bilan suhbatlashib shuni tushunibdiki ular xam o’zlariga yarasha obro’li odamlar ekan. Ular xam ko’pdan beri ochiq kodli dasturlarni yig’ishar ekan. Dunyoning turli nuqtalaridan har kuni minglab dasturcihlar o’z kodlarini yuborishar ekan. Ular esa o’z navbatida boshqa shu kodlarga muhtoj bo’lganlar dasturchilarga yetqazib berisharkan. Bir so’z bilan aytganda ikkalasi xam savobli ishni yo’lga qo’yishgan ekan. Abdullajonni maqsadini bilishgach Dilshoda quyidagi ro’yhatni beribdi. «Bu ro’yhat dasturlarimizni yozishda eng ko’p qo’llanilgan tillar bo’yicha» debdi u. Ohunjon esa, dasturchilar yuboradigan kodlarninh hajmi bo’yicha ro’yhat qilibdi. «Shu sababdan ham C yuqorida» deb qo’shib qo’yipti. Nihoyat uzoq safardan so’ng Abdullajon uyiga qaytib kelibdi. Qo’lida mavjud bo’lgan ma’lumotlardan foydalanib o’z ro’yhatini tuza boshlabdi natija esa quyidagi bo’libdi. Natijani ko’rgach, o’zicha o’ylabdi: Qaysi tilda yozishning farqi yo’q, eng muhimi o’z ishini ustasi bo’lish. Zero bir tilni mukammal bilgan dasturchi uchun boshqa tilni o’rganish umuman qiyinchilik uyg’otmaydi. Bekorga aytishmaydiyu, ustasiga farqi yo’q deb... http://alnet.blog.olam.uz/?p=1026 | |
|
Всего комментариев: 0 | |