Нравится
Sizga hamma qiziqishini istaysizmi? Siz bilan o’rtoqlashishlarini, ko’ngildan suhbat qurishlarini hohlaysizmi? Bugungi suhbatimiz aynan shu mavzuda. Agar e’tiborsiz qolish joningizga tekkan bo’lsa, maslahatlarimizga amal qiling. Tez orada atrofingizda ko’payayotgan do’stlaringizni ko’rib, dilingiz yayraydi.
Maslahatlar:
- O’zingizga ishoning. O’ziga ishongan odamlarga hamma jiddiy qaraydi va so’zlarini diqqat bilan tinglashadi. Agar buni uddalay olmayotgan bo’lsangiz, xech ham tashvishlanmang. Gavdangizni tik tutib, boshingiz ko’taring hamda tabassum qilling – hammasi manashundan boshlanadi!
- Dunyoqarashingizni kengaytiring va bilimlaringizni yanada boyiting. Kitoblar, gazetalar, internetdagi turli maqolalarni o’qing. Agar siz ushbu maslahatga amal qilsangiz, sizda suhbatdoshingiz bilan suhbatlashishga har doim mavzu topiladigan bo’ladi.
- O’zingizga xobbi toping. Masalan, futbol, tennis, basketbol, kolleksiya, rasm chizish, yoga, raqsga tushish kabi. Agar sizning xobbingiz bo’lsa, bu haqida suhbatdoshingiz aytib berishingiz mumkin.
- Maslahatlar kitobchasini tashkillashtiring. Qachon siz yaxshi suhbatdoshga aylanganingizda, do’stlaringiz sizga maslahat so’rab kelishlari tabiiy holatga aylanadi. Ularga maslahat berishda o’sha maslahatlar kitobchangizdan foydalansangiz bo’ladi. Bunday maslahatlar kitobchasini tashkil qilish uchun biror bir datfar yoki fayllardan foydalanishingiz mumkin, o’zingizga foydali deb bilgan har qanday ma’lumotingizni o’sha yerda qoldirasiz.
- Suhbat davomida hazillardan foydalaning. Hazil mutouibaga moyilligi bor odam, hamma uchun qiziqarli suhbatdosh bo’la oladi. Shunning uchun suhbatlaringiz orasida hazillardan foydalaning.
- Xudbin bo’lmang. Suhbat davomida faqat o’zi haqida gapiradigan odam – odatda suhbatdoshini seriktiradi yoki jahlini chiqaradi. Siz, yaxshisi, suhbatdoshingizdan o’zi haqida gapirib berishini so’rang, o’shanda suhbatdoshingiz siz haqingizda yaxshi fikrga boradi.
- So’z boyligingizni oshiring. Nutqingizni ravon qiling, chiroyli so’zlarni tanlab gapirishni o’rganing. Bunday chiroyli gapirish suhbatdoshingizda sizga nisbatan qiziqish uyg’otadi.
- Muammoingizni boshqalarga yuklamang. Hamma muammolaringiz o’zingiz hal qilishga o’rganing, agar qo’lizdan kelsa, boshqalarga siz yordam bering.
- Eng asosiysi, boshqalarni diqqatini tortish uchun tanishlaringiz haqida g’iybatlasha ko’rmang. Bu faqat obro’yingizni to’kishi mukimkin, aks ta’sir ko’rsatadi. Bu sizning obro’yingizga putur yetkazadi, hamma sizdan o’zini ob qo’chishni boshlaydi.
Muallif: Zamira Xolbayeva
Manba: Maslahat.uz
|