14:46 Qon guruhlari: yohud Qon guruhida yashirilgan sirlar... | |
Azal-azaldan odamlar boshqalarning a'lomatlariga qarab ularning fe'l-atvorini xatosiz aniqlashga xarakat qilib keladilar. Qosh, ko'z, quloqning inson xislati bilan bog'liqlik tomonini topishga haligacha urinishadi. Yaqinda g'arb shifokorlari qon guruxiga qarab ham odamning ichki dunyosini bilish mumkin, degan fikrga keldilar. Bu qanchalik to'g'ri ekanligini quyida tekshirib ko'ring Birinchi qon guruhi:Bu guruhga mansub kishilar muhabbatda ham, ishqiy o'yinlarda ham yetakchilik qilishni istashadi. Shu bilan birga, ular noo'rin, kuniga 24 soat o'zi bilan o'zi ovora bo'lib, yaqinlarining kayfiyati, his-tuyg'ulariga e'tibor bermaydilar. Shunday bo'lsa-da, ular orasida vafodorlari ham ko'p uchraydi. Ikkinchi qon guruhi:Ikkinchi qon guruhidagilar haqiqiy konservatorlar hisoblanishadi. Biroq buni bildirmaslikka harakat qilishadi. Ishqiy o'yinlarga yangilik kiritishni istashmaydi. Oltinchi tuyg'usi boshqalarnikidan ko'proq rivojlangan bo'ladi. Ular xiyonatni darhol sezishadi. Shu bilan birga, o'zlari ham vafodor bo'lishmaydi. Tez-tez sevib qolishadi. Hislari uzoq cho'zilmasada, kuchli bo'ladi. Uchinchi qon guruhi:Biroz g'alati bo'lishadi. Ular niyatiga erishish uchun barchasiga tayyor turishadi. Ishqiy o'yinlarda faqat o'zini o'ylashadi. Biror kishini sevib qolsa, uni qo'lga kiritmaguncha tinchishmaydi. Hayratda qoldirish uchun hech nimadan toyishmaydi. Ular juda ehtirosli jazmanlardir. Erkalashlariga o'rganib qolgan odam boshqani seva olmaydi va uning o'yinchog'iga aylanib qoladi. To'rtinchi qon guruxi:Bu qon guruhi egalari nisbatan kam uchraydi. Ular ko'pincha g'amgin, jiddiy, yolg'iz bo'lishni yaxshi ko'rishadi, boshqalar bilan kelishishi qiyin. Bunday kishining ishonchini qozonsangiz, juda samimiy odamning do'stiga aylanasiz. Bir qator faylasuflar to'rtinchi qon guruhi sohiblarini juda ishchan, deb bilishadi. To'satda tortinchoqligi yo'qoladi. Juda vafodor bo'lishadi. Biroq uning ehtirosini uyg'otish bir muncha qiyin kechadi. Baxt formulasi:Muhabbatda farqli qon guruhi egalari bir-birlariga unchalik to'g'ri kelmaydi, Juftliklarni o'rgangan bir guruh tadqiqotchilarning fikricha, birinchi qon guruhi ikkinchi yoki uchinchi guruh egalari bilangina baxtlarini topishlari mumkin ekan. Bunday oshiqlar bir-biriga juda mos kelishadi. Barcha munosabatlarda! | |
|
Всего комментариев: 0 | |