12:53 "Ramazon Hayitini Nishonlash To‘g‘risida" Prezidentimiz Qarori | |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida" Qarori qabul qilindi.Unga ko‘ra, Muborak Ramazon hayitining xalqimiz ma'naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e'tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e'lon qilish to‘g‘risida”1992-yil 27 martdagi PF-368-son Farmoniga muvofiq: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining hay'ati 2012-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 19 avgust yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qilgani inobatga olinib, Hayit ayyomini keng nishonlash maqsadida 2012-yil 20 avgust kuni dam olish kuni sifatida belgilandi va 19 avgust ham bayram kuniga qo‘shildi. Respublika Nuroniy Mahalla jamg‘armalari, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati, boshqa barcha mutasaddi idora va jamoat tashkilotlariga Ramazon hayitining joylarda tartibli, yuqori darajada hamda xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tishi bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatildi. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etildi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |