Muborak oy kelib, issiq kunlarda Ro’za tutish 20 iyuldan boshlandi.
Kunlar issiq bo’lgani bois, avvalgi paytlardan farqli o’laroq hozirgi
kunlar musulmon ahli uchun xaqiqiy sinov davridir. Undan tashqari,
issiq kunlarda ishtaha ham biz kutganday ochilmaydi, taomnomamizga turli
o’zgartirishlar kiritib turmasak, ishtahadan qolishimiz aniq. Albatta,
Ramazon oyi uchun maxsus taomnoma yo’q. Shunday bo’lsada, bugun sizning
e’tiboringizga ro’za taomnomaningizga qo’shishingiz mumkin bo’lgan, kun
davomida sizlarga quvvat bo’lib turadigan yeguliklar haqida aytib
o’tmoqchimiz. Bu yeguliklarni taomnomangizga qo’shib, kun davomida
baquvvat yuring.
Saharlik uchun:
Saharlikda iloji boricha sizga quvvat bo’ladigan, ko’p
chanqatmaydigan, tez hazm bo’lmaydigan taomlar tanovvul qilganingiz
ma’qul.
- Issiqliklar: o’rik qoqisi, hurmoni qurutilgani (eron xurmosi),
yong’oq, mayiz, bodom, pista, asal, asalli suv ham halaqit qilmaydi: kun
davomida chanqatmasdan olib yuradi va shu o’rinda glyukoza moddasiga
ham boy, holsizlik kuzatilmaydi.
- Qovun ham iste'mol qilinsa maqsadga muvofiqdir, qovunning hazm
bulishi sekindir. Shunday ekan, u kun davomida sizni och qolishingizdan
asraydi. Tarvuz tavsiya qilinmaydi, u qorinda joy egallab, yegulikni
hazm bo’lishida ko’maklashadi.
- Ovqatlar: hamir va guruchli ovqatlar tanovvul qilinishi tavsiya
etiladi. Masalan, osh, manti, xonim, pegodya, qovurilgan chuchvara.
Bular ham kuch bo’lib, kun davomida sizni baquvvat qilib ushlab turadi.
- Go’sht mahsulotlari: qovurilgan go’sht, qazi, go’shtli taomlar
tavsiya etiladi, lekin qo’y go’shti emas, sababi qo’y go’shti chanqatish
xususiyatiga ega.
- Parranda mahsulotlari: tuxum, tovuq go’shti – saharlikda qo’shimcha
ovqat uchun yaxshi taomlardir. Ammo faqat o’zizni yeyish tavsiya
etilmaydi, sababi tovuq go’shtini hazm bo’lish jarayoni tezroq amalga
oshadi, tuxum bundan mustasno.
- Ichimliklar: turli sharbatlar, o’rik sharbati, novvot choy, qaynagan suv ichish tavsiya etiladi.
- Salatlar: Ko’p salat tanovvul qilish yaramaydi. Lekin ishtahani ochish uchun oz miqdorda iste’mol qilinsa yaxshi.
Iftorlik uchun:
Iftorlik vaqtida esa qorin to’q qilib ovqatlanish yaramaydi. Buning
oqibatida oshqozon ishdan chiqishi mumkin. Uning o’rniga iftorlikda
yengilroq ovqatlanib, yana birozdan so’ng yeyishda davom etishingiz
mumkin.
- Og’iz ochish: iloji boricha og’iz ochish vaqtida asalli suv bilan
ochgan ma’qulroqdir. Sababi asalli suv yordamida oshqozon namlanadi.
- So’ngra mevalar, qovun-tarvuz, salatlar yeyilsin.
- Undan so’ng suyuq ovqat ichilsa oshqozon uchun ayni muddao bo’ladi.
- Oradan bir oz vaqt o’tgach quyuq taom yeyishingiz mumkin bo’ladi.
Iloji boricha to’yib yemaslik lozim. Saharlikkacha yeyish imkoningiz
bo’lganligi tufayli, orada tanaffus qilib yeyish tavsiya etiladi.
Manba: Maslahat.uz
|