Главная »
2012 » Noyabr » 22 » Shokoladli Kivi Muzqaymoqlari
19:33 Shokoladli Kivi Muzqaymoqlari |
Yoz kelishi bilan barchamiz muzdek va salqin narsalar tanovvul
qilishni istab qolamiz, ayniqsa o’zbekona yog’li ovqatdan so’ng,
muzdekkina muzqaymoqning o’rni boshqacha. Shuning uchun bugun sizlarga
ajoyib ta’mga ega bo’lgan mevali muzqaymoqni tayyorlashni
o’rgatmoqchiman. Bu mevali muzqaymoqning boshqa muzqaymoqlardan farqi
shundaki, buni tayyorlashda uning asosini sut tashkil qilmaydi.
Kerakli mahsulotlar:
- 6-7 ta Kivi
- 50 gramm saryog’
- 3 oshqoshiq sut
- 100 gramm shokolad
Kerakli narsalar:
- Chuqur bo’lmagan tovoqcha
- Pichoq
- Muzqaymoq cho’plari
Tayyorlanishi:
- 1Birinchi navbatda Kivini po’stini artishimiz kerak
bo’ladi. So’ngra ularni yumaloq shaklda kesib chiqamiz. Ular 2,5- 3 sm
qalinlikda bo’lishi lozim. Tayyor aylanalarga muzqaymoq cho’plarini
tiqib, muzxonaga joylashtiramiz.
- 2Bu vaqtdan foydalanib, shokoladni olamizda mayda
bo’laklarga bo’lamiz. Ularni chuqur bo’lmagan tovoqchaga solib, ustidan
sut va saryog’ni qo’shamiz. Yaxshilab aralashtirib, o’rtacha olovga
qo’yamiz. Olovda turgan vaqti uni to’xtovsiz aralashtirib turish lozim.
Aks holda, shokoladni tagi olib ketishi mumkin.
- 3Tayyor bo’lgan shokoladli qiyomni xona haroratida
sovutamiz. So’ngra muzlab qolgan kivilarni olib,shokoladli qiyomga
botirib olamiz va ularni yana muzxonaga qo’yamiz.
- 4Taxminan 20 daqiqadan so’ng bizni mevali muzqaymog’imiz
tayyor bo’ladi. Uni muzxonadan olib, birozdan so’ng dasturxonga
tortishingiz mumkin! Yoqimli ishtaha!
Tavsiyalar:
- Kivi harid qilishda, kattaroq va yumaloqrog’ini tanlashga harakat
qiling. Aks holda aylanalar ko’ngildagidek chiqmasligi mumkin.
- Shokoladli muzqaymoqning ustiga maydalangan yong’oq ham sepishingiz mumkin.
- Bunday mevali muzqaymoqni uzoq vaqt muzxonada saqlashingiz mumkin, faqatgina uni fol’ga qog’oziga o’rab qo’ysangiz bas.
|
Категория: Oshxona |
Просмотров: 1284 |
Добавил: Nodirbek
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[
Регистрация |
Вход ]