Главная »
2012 » Noyabr » 22 » "Shokoladli Somsa" Pishirig'i
10:26 "Shokoladli Somsa" Pishirig'i |
Aziz va mehribon uy bekalarimiz bugun sizlarga antiqa tarzdagi
pishiriqni taqdim etamiz. Uni tayyorlanishi oson va mazasi og'zingizda
qoladi. Bu pishiriq kamqonlikdan qiynalayotganlar uchun ayni
muddao.Tayyorlashingizda omad tilayman!
Kerakli mahsulotlar:
- Shokolad pastasi
- Somsa hamiri
- Parvarda
- 1 td tuxum
Tayyorlanishi:
- 1Qatlamali xamirni zuvalasini to'rtburchak shaklda yoyib, uning ichiga shokolad pastasi suriladi.
- 2 Uning ustiga parvarda teriladi.
- 3Ikkinchi uchi bilan ustini berkitib, sanchqi yordamida cheti bosib chiqiladi. Tayyor somsalarni ustiga tuxum sarig'i suriladi.
- 4Somsalarni gaz pechida 20-25 daqiqada qizarguncha pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Manba: Maslahat.uz
|
Категория: Oshxona |
Просмотров: 1021 |
Добавил: Nodirbek
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[
Регистрация |
Вход ]