Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 28 » Sifatli Fleshka Qanday Tanlanadi?
20:16
Sifatli Fleshka Qanday Tanlanadi?

Hozirgi kunda texnika rivojlangan bir vaqtda fleshkasiz komputerlarimizni tasavvur qila olmaymiz. Ham yengil, ham qulay bo’lgan bu kichik ko’rinishli ammo katta xotiraga ega bo’lgan fleshkalar allaqachon kundalik ashyoga aylanib qolgan.

Sifatli fleshkani xarid qilishda nimalarga e’tiborli bo’lish lozim? Bular haqida batafsil bugungi sahifamizda berib o’tilgan.

Hajmi

1 GB hajmli fleshka matnli xujjatlar va 200-300 ta qo’shiq saqlashga yetadi. 16 Gb fleshkaga esa 10-12 ta kino joylashtirsa bo’ladi. 10 minglab fayllar ( matn, musiqa va h.z.), rasmlar va bir nechta kino 32 Gb li fleshkaga joylashadi.

Tezlik

Bu bizga ma’lumotlarni fleshkadan kompyutergayoki kompyuterdan fleshkaga o’tkazishda kerak bo’ladi. Eng maqbul tezlik 10 Mbit/s. Agar fleshkada "ultra fast" yoki "speed-high" degan yozuvlar bo’lsa, demak bu qurilma yuqori tezlikda ishlaydi.

O’lchami

O’ta kichkina o’lchamli fleshkaning yo’qolib qolish ehtimoli ko’proq. Katta ko’rinishdagi esa o’zingiz bilan ko’tarib yurishga noqulaylik tug’diradi. Eng yaxshisi, o’rtacha o’lchamli fleshkadir.

Korpusi

Fleshkaning korpusi plastikdan, metalldan yoki silikondan tayyorlangan bo’lishi mumkin. Agar siz fleshkadan tez tez foydalanadiganlar toifasiga kirsangiz, metal korpusli fleshka olganingiz ma’qul.

Tuzilishi

Har bitta fleshkaning himoya qobi’gi mavjud bo’ladi – qalpoq shaklida yoki harakat orqali suriladigan himoya qobig’i.

Qalpoq shaklidagi himoya qopqog’I ancha chidamli hisoblanadi, ammo uni yo’qotib qo’yish ehtimoli ko’proq. Eng qulay yo’li, o’sha qopqoqni fleshka korpusiga mahkamlab qo’yish.

Harakat orqali suriladigan himoya qobig’I unchalik ham ishonchli emas, sababi oradan biroz vaqt o’tgach mehanizmi ishdan chiqadi va u yaroqsiz ahvolga keladi.



Manba: Maslahat.uz
Категория: Texnika | Просмотров: 1700 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]