Главная »
2012 » Noyabr » 22 » Sosiskadan Romashka Yasash
19:16 Sosiskadan Romashka Yasash |
Bugun qo'li gul bekalarimiz uchun nonushtaga antiqa taom o'rganamiz.
Uni tayyorlash ham oson ham ajoyib, juda ishtaha ochar. Bunday
romashkani tayyorlash uchun sosiska va tuxum kerak bo'ladi.
Kerakli narsalar:
- 2 sosiska
- 4 tuxum
- Yog'
- Shivit
- 1 dona bodiring
- Tish cho'pi
Tayyorlanishi:
- 1 Sosiskalarni olib teng ikkiga bo'lamiz.
- 2 Aylantirib, eng so'ngida 2 uchini tutashtirib tish cho'pi
tiqib qo'yamiz va pichoq yordamizda romashkaga o'xshatib kesib
chiqamiz.
- 3Yog'da bir tarafini yaxshilab qovurib, ikkinchi tarafini
o'girib o'rtasiga tuxumni sarig'ini qo'yamiz va uni ham qovurilishini
kutamiz. Tayyor pishgan sosiskani ehtiyotkorlik bilan tarelkaga olib,
cho'plarni olib tashab, shivit va bodiring bilan bezaymiz.
Yana bir ajoyib usul:
- 1 Sosiskalarni olib teng ikkiga bo'lamiz. Ikkiga qayirib, uchlarini tish cho'pi bilan mahkamlaymiz.
- 2Yog'da bir tarafini yaxshilab qovurib, ikkinchi tarafini
o'girib o'rtasiga tuxumni sarig'ini qo'yamiz va uni ham qovurilishini
kutamiz. Tayyor pishgan sosiskani ehtiyotkorlik bilan tarelkaga olib,
cho'plarni olib tashab, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Manba: Maslahat.uz
|
Категория: Oshxona |
Просмотров: 1518 |
Добавил: Nodirbek
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[
Регистрация |
Вход ]