20:57 Tarvuzli Dieta: 5 Kunda 7 Kg Ozish | |
Tarvuzli Dieta – bu boshqa dieta turlariga qaraganda xaqiqatanda shafqatsiz dieta turi hisoblanadi. Bu dietada faqat tarvuzdan foydalanamiz. Siz gavdangizga qarab 10 kg og’irligingizga 1 kg tarvuz go’shtini iste’mol qilishingiz kerak. Masalan, agar siz 60 kg bo’lsangiz, unda siz kuniga 6 kg tarvuz yeyishingizga to’gri keladi. Buni yegandan so’ng to’yganingizni his qilasiz. Bu dieta vaqtida tarvuzdan boshqa narsa yeyish mumkin emas, xatto oz miqdorda ham yeyish kerakli natijani bermaydi. Siz hohlagan vaqtingiz tarvuz yeyishingiz mumkin, ammo boshqa narsa emas. Chanqasangiz oddiy gazsiz yoki qaynatilgan suv ichishingiz mumkin, spirtli va gazli ichimliklar ichish taqiqlanadi. Tarvuzli dieta davrida tanadagi ortiqcha vaznni suyuqlik orqali chiqarib tashlanadi. Bu dieta kuchli dieta hisoblanib, bu dietani ko’proq vazn yo’qotish maqsadida 5 kundan ortiq tutish yaxshi oqibatga olib kelmaydi. Aksincha, tarvuzli dieta davomida o’zingizni yomon his qilishni boshlasangiz, bu dietani to’xtatishga harakat qiling. Bu dietaning arzigulik tomoni shundaki buni amalga oshirish oson va bu dieta samarali. Bundan tashqari, tarvuz deyarli hammaga birday yoqadi, jonga ham tegmaydi, asosiysi ozishga och qolib yoki kam yeyish bilan erishmaysiz. Yodingizda tuting: agar buyrak bilan muammongiz bo’lsa, bu dietani amalda qo’llab o’tirmang, bu dieta buyragingizga og’irlik qiladi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |