Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 28 » Telefonni yaxshi saqlashni bilasizmi?
20:24
Telefonni yaxshi saqlashni bilasizmi?


Bugungi kunda hamma mobil aloqa vositasidan foydalanadi. Lekin ba'zilar qo'l telefonining saqlanishiga ko'p ham ahamiyat beravermaydi. Natijada telefon tezda eskiradi. Agar mobil aloqa vositasini uzoq vaqtga yangidek turishini istasangiz uni asrash uchun nimalar qilinishi lozimligini bilib oling.

Maslahatlar:

  • 1Mobil telefoningiz uchun maxsus jildlardan foydalaning. Bu eng oddiy usul va telefoningiz suv va namlikdan, quruq shamol, chang, turli zararlardan himoyalanadi. Buning ustiga o'ziga xos uslubga ega bo'ladi.
  • 2Telefoningizni hech vaqt teskari qo'ymang! Korpuslari, ayniqsa ekraniga darhol shikast yetadi yoki atrofi xasta bo'lishi mumkin. Uni yumshoq narsaning ustiga qo'yishga odatlaning. Masalan, dastro'mol yoki biron bir qog'ozning ustida qoldirishingiz mumkin.
  • 3Metall buyumlari bilan birga olib yurmang. Uyali mobil aloqangizni turli xil metalli buyumlar (kalit, tanga, har qanday temir) bilan birga qo'shib olib yurmang. Jinsi shimingiz yoki palto, yengil kiyimlaringiz cho'ntagida saqlaganingizda, uni alohida saqlang. Bu ham o'zingizga qulay, ham telefon ekranining xastalanishidan muhofaza etgan bo'lasiz.
  • 4Telefon ekrani, optikasi uchun maxsus yostiqchalardan foydalaning. Mobil aloqa vositalari sotiladigan joylarda turli xil osgichlar mavjud. Ba'zilarining ichida esa ekran va optikaga mo'ljallangan maxsus yostiqchalari ham bor. Ulardan unumli foydalanishingiz mumkin.
  • 5Metall osgichlardan foydalanmang.Ular telefoningiz ekranini qirishi unga shikast yetkazishi mumkin.
  • 6Iloji bo'lsa telefonni uzuk bilan bir o'rinda ishlatmaslik kerak.Ayniqsa, qimmatbaho tosh qadalgan uzuklarning ko'zi ham mobilingiz korpusi va ekranini tezda xastalashi mumkin.

Uyali mobil aloqalarini qanchalik sarishta tutish o'zingizga bog'liq. Telefonlar bizning uzoqni yaqin qilishimiz uchun eng qulay bo'lgan vositalardan biridir. Ularni toza va yangidek asrash esa ortiqcha chiqimlarning ham oldini oladi.

Manba: Maslahat.uz
Категория: Texnika | Просмотров: 1208 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]