Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 28 » Televizordan foydalanish yo’llari
20:23
Televizordan foydalanish yo’llari


Televizorda sevimli serialimizni ko’rish yoki qizqarli dasturimizni hech bir xalaqitsiz tomosha qilish barchamizga xush yoqadi. Ammo undan foydalanishda foydali maslahatlarimizga amal qilsangiz nur ustiga a’lo nur bo’ladi. Shundan so’ng siz uchun qadrli bo’lgan televizoringiz uzoq yillar davomida sizga beminnat xizmat qila oladi. Xatto televizoringiz eng so’nggi rusumdagi televizor bo’lishiga qaramay, bermoqchi bo’lgan tavsiyalarimiz juda oddiy va osson. Asosiysi unga amal qilsangiz bo’lgani.

Tavsiyalar

  • 1Qayerga joylashtirish kerak? Televizor istgich moslamalardan va deraza oldidan uzoqda bo’lishi lozim. Iloji boricha shabada tegmaydigan tegmaydigan bo’lishi kerak.
  • 2Joy qoldiring. Agar mebellingizda televizor uchun maxsus joy bo’lsa, uni rosa taqab joylashtirmang. Ayniqsa, plazma televizor bo’lsa, albatta bo’sh joy qoldiring.
  • 3Changyutgichdan foydalaning. Televizor ichidagi elekter moslamalari tufayli uning ichiga juda ko’p chang to’planadi. Ayniqsa, lampalar joylashgan qismida. Shu sababdan, yiliga 2 marta televizoringizni o’chirib, changyutgich orqali uni ichini tozalang.
  • 4Asosiysi – yorug’lik! Sizda suyuq kristalli televizormi? Agar shunday bo’lsa, quyidagiga amal qiling: To’xtovsiz ishlaganda har olti soatda o’chiring va ekranni kutilmagan zarbalardan asrang. Agar yorug’ligi hiralashsa, darhol lampalarni almashtiring.
  • 5Havo bilan ta’minlang. Agar sizda plazma televizor bo’lsa, unga havo yetib turishiga e’tiborli bo’ling. Bunday televizorga doimo havo yetib turishi lozim. Agar uning ventelyatorida qandaydir shovqin eshitsangiz, darhol mutaxassisga murojat qiling.
  • 6Tozalashda hushyor bo’ling. Ekranni tozalsh uchun hamma narsadan ham foydalanish yaxshi emas. Bunda hushyor bo’lish lozim. Yaxshisi quruq mato bilan artgan maqul. Agar televizoringizni ekraniga yog’ yoki barmoq izlari tekkan bo’lsa(oshxonada turganda), matoni ozgina namlab olishingiz mumkin. Faqat changni artish vaqtida televizorni o’chiring. Hech qanday vaziyatda benzin, tarkibida spirt bor bo’lgan suyuqliklar bilan televizor tozalanmasin.
  • 7Changartkichni dastak qiling. Suyuqkristalli va plazma ekranli televizoringizni ekranini tozalashda maxsus nam sochiqlardan foydalanish tavsiya etiladi. Buning imkoni bo’lmagan hollarda esa, changartkichdan ham foydalansa bo’ladi.
  • 8Oraliq vaqt. Har qanday televizorning tugmalarini bosishda, u kanaldan bu kanalga o’tkazish vaqtida yoki uni o’chirib yoqishda kamida 15 soniya tanaffus qilish lozim.
Manba: Maslahat.uz
Категория: Texnika | Просмотров: 1158 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]