Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 22 » Tovuqli Pomidor Do'lma
09:59
Tovuqli Pomidor Do'lma

Oshxonaga kirib nima pishirsam ekan deb o'ylanayapsizmi? Kelgan mehmonlarni qanday ovqat bilan mehmon qilsam ekan deyapsizmi? Aslo siqilmang! Bugun sizning oshxonangiz uchun ma'zali taomni taqdim etaman. Qo'li gul bekalarimiz, bugun sizlarning e'tiboringizga ajoyib ta'mga ega bo'lgan tovuq qo'shtidan tayyorlanadigan pomidor do'lmani taqdim etamiz. Juda mazali va vitaminlarga boy bu taomimiz, birinchidan, kelgan mehmonlarni va oila a'zolaringizni lol qoldirsa, ikkinchidan bunday sovuq kunlarda sizlarga quvvat bo'ladi.

Kerakli mahsulotlar:

  • Pomidor
  • Tovuq go'shti
  • Mayonez
  • Pishloq
  • Ziravorlar

Tayyorlanishi:

Pomidorlarni yuvib, pichoq yordamida ichini bo'shatamiz.

Tovuq go'shtini mayda bo'laklarga bo'lib, ziravolarga aralashtirib, o'simlik yog'ida qovurib olamiz. Buning o'rniga tayyor dudlanib pishgan tovuq go'shtidan ham foydalansak bo'ladi.

Tayyor go'shti pomidor kosachalariga joylashtiramiz. Ustiga mayonez quyib, eng ustiga pisloqni qirg'ichdan o'tkazib, qalin qilib sepamiz.

Hammasini joylashtirgach, 240-260 darajada qizigan gaz pechiga 15 daqiqaga qo'yib pishirib olamiz. Tayyorligini pishloqni erib, ustiga uopishib qolganidan bilishimiz mumkin.

Yoqimli ishtaha :)!

Категория: Oshxona | Просмотров: 990 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]