14:30 Veb-dizaynda nimalarga e`tibor berish kerak? | |
Men o'zim dizayn bo'yicha mutahasis emasman, shuning uchun ham o'zimni fikrimni siz bilan o'rtoqlashmoqchiman xolos. Web-dizayn saytni ommabop qilishga ta`luqli bo'lgan asosiy parametrlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ko'pchilik bunga alohida e`tibor beradi. Sayt dizaynini aniqlashda, menimcha, birinchi navbatda sayt qaysi sohaga yo'nalganligiga e`tibor berish kerak. Masalan, u internet magazin bo'lsa, qanday tovarlar sotiladi? • Agar kyim kechak bo'lsa, ko'p xollarda yumshoq ranglar: oq, sariq, qizil, pushti, olov rang va shunga o'xshash ranglar tanlanadi. Saytni asosini uni sohaga yo'nalganligidan kelib chiqib asosiy ikki yoki uchta rang tashkil etadi. Reklama saytlarida esa yorqin ranglardan ko'p foydalaniladi, shunda ham turli xil yorqin ranglarni aralash ishlatilishi saytni tartibsiz ko'rsatib qo'yishi mumkin. Saytdagi tugma (button)larni ko'rinishi ham asosan uni maqsadiga qarab yasaladi, avto reklama qiladigan saytlarda buttonlar ko'proq temir tusda va avtomobilni bazi detallarini eslatadigan qilib yasaladi, Tanishuv va shunga o'xshash ko'ngil ochar saytlarda esa dumaloq, yurakchaga o'xshash va shunga yaqin ko'rinishdagi buttonlarni ko'rishimiz mumkin. Saytlarda .jpg, .png, .gif kabi rasmlarni ishlatishda ehtiyot bo'lish kerak. Chunki bunday rasmlarni ko'p ishlatish, yoki katta xajmdagilarni ishlatish saytni yuklanishini sekinlashtirib qo'yadi. Ba'zi saytlarda saytni barcha tugmalari uchun bitta button ko'rinishidagi rasmcha yashab olinadi va uni CSS yordamida kerakli joyga kerakli o'lchamda qo'yib borilaveriladi. Ba'zi saytlarda esa har bir button uchun bittadan rasmcha yasab chiqiladi. Yana bir xil saytlarda button uchun umuman rasm ishlatmasdan CSS yordamida uni yasab qo'yilganligini ham ko'rishlik mumkin. Bu esa saytdagi yuklanishni ma`lum ma`noda yengillashtiradi. Ba'zi saytlar foniga katta rasmni qo'yib qo'yishgan va bunday saytlarni ochish anchagina vaqtni olib qo'yadi. Dizaynda iloji boricha odamni ko'nglini ko'taradigan ranglar ishlatilishi ham maqsadga muofiq bo'lishi mumkin. Shriftlar ham, ularni kerakli blok ichida joylashishi ham, ularni ranglari ham ko'pincha saytni qaysi sohaga yo'nalganligidan kelib chiqib qilinadi. Har qanday saytda unga birinchi marta kirilganida bu sayt nima to'g'risida ekanligini bildirib turadigan asosiy rasmi bo'ladi. Hozirgi kunda ba'zi saytlarda ana shunday ikkita, uchta va undan ko'p rasmni JavaScript yordamida bir joyda slider ko'rinishida galma-galdan ko'rsatadigan qilib qo'yilmoqda. Bu esa o'z navbatida saytdagi joydan oqilona foydalanish deyilsa bo'ladi. Zamonaviy dizaynni bugungi kunda Flesh (Flash) ob`yektlar va Flesh roliklar ham boyitib turibdi. Shunday saytlar ham borki, uni maqsadi aks ettiriladigan asosiy rasmi o'rnida sayt asosiy faoliyatini o'zida aks ettirib bera olgan flesh roliklar ham ishlatilmoqda. O'ylashimcha bora-bora saytdagi har bir piksel joy qadrli bo'lib qoladi va undan samarali foydalanishga kirishiladi. Shunday saytga misol qilib quyidagi saytni keltirishim mumkin: http://www.milliondollarhomepage.com/ | |
|
Всего комментариев: 0 | |