Главная »
2012 » Noyabr » 29 » Xollardagi taqdir belgilari
20:49 Xollardagi taqdir belgilari |
Inson tanasidagi hollarga ham taqdirning bir belgisi sifatida qaralar ekan.
Peshonaning o'ng tomonidagi hol - aql, obro', omad belgisi
Chap tomondagisi esa - irodasi bo'shlik, lanjlik.
Ko'zning chekka tomondagisi - kamtarinlik, tejamkorlik, mo'tadil feldan nishona.
O'ng qoshdagi hol - baxtli erta qurilgan turmush.
Chap qoshdagi hol - omadsiz nikoh belgisi.
O'ng yonoqdagi hol - shaxsiy hayotdagi baxt.
CHap ruxsordagisi - mashaqqat.
Quloqdagi hol - fikrsizlikdan dalolat beradi.
Baqbaqadagi hol esa - omadi yurishganlik va katta davlatdan nishonadir.
Labdagi hol - saodatmandlik, tasirchanlik namunasi.
Burundagi hol - ulug'vor kelajakka ega, safarga moyil, ehtirosli kishilarda uchraydi.
Tomoqdagi hol - boy-badavlat nikoh, kibru havo belgisi.
Qo'llardagi hollar - shuhrat keltiruvchi tug'ma qobiliyat.
O'ng yelkadagi hol - omaddan nishonadir.
Chap yelkadagi hol - iqtisodiy kambag'allikdan.
Bag'r o'rtasidagi hol - o'rta miyona hayotdan bir belgidir. Qadimda hollarning joylashuviga qarab go'dakning kelajak folini ochishgan.
Albatta bu mano, tariflar nisbiydir. Hollarning necha o'nlab tahlil-tabiri bor. Mabodo, hollaringiz yoki farzandingizni hollari "omadli" joylashmagan bo'lsa, o'kinib o'tirmang. Taqdiringizdagi omad va yutuqlar , yorug'lik va nursizlik yaratganning o'zigagina a'yon. Yaxshilikka ishonib yashaganlar esa, doim yorug' kunlarga erishganlar.
Manba: Maslahat.uz
|
Категория: Psixologiya |
Просмотров: 1739 |
Добавил: Nodirbek
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[
Регистрация |
Вход ]