Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 28 » Xona Havosini Tozalovchi Gullar
20:47
Xona Havosini Tozalovchi Gullar


Xonadagi havo ko’chadagi havoga qaraganda birmuncha og’ir bo’ladi. Uyda turli maishiy uskunalar, plastic mebellar, DSP mebellar, bo’yoqlar, devor gullari, kir yuvush kukuni va boshqa yuyuvchi vositalar havo haroratini to’uintiradi va ofislarda esa zararli moddalar: benzol, toluol, fenol, formaldegid va boshqa zararli moddalar xona havosini yomonlashtiradi. Ammo azal azaldan barchamizga ma’lum, xona uchun gullar bu xona havosini tozalashdagi eng zo’r vositasi hisoblanadi. Quyida berilgan 7ta xona o’simligi barcha tuvakda o’suvchi o’simliklar ichida tanlab olingan bo’lib, ular sizlarga xona havosini tozalab turishda samarali yordam bera oladi.

Ular quyidagilar:

  • 1Shefflera yoki soyobonsifat daraxt nomli bu o’simlik aynan chekuvchilar uchun maxsus yaratilgan desak ham bo’ladi. Chunki bu o’simlik tamaki tutunidagi nikotin va qoraliklarni kamaytiradi va ta’sirsizlantiradi.
  • 2Potos guli havoni benzoldan tozalaydi. Katta-katta barglari bu moddani ko’proq qabul qiladi. Bu o’simlikning o’sishi tez va uni tez tez sug’orib turish ham shart emas.
  • 3Dratsena guli formaldegidni zararsizlantiradi. DSPdan bo’lgan mebellardagi, yelim va lakdagi formaldegidlarning zahariga barham beradi.
  • 4Xlorofitum guli antiqa qobiliyatga ega. U ishlangan gazlarni tez payqash qobiliyatiga ega. Shuning uchun bu o’simlik birinchi yoki ikkinchi qavatda istiqomat qiluvchilar uchun juda foydali.
  • 5Xamedoriya nafosati yoki xona palmasi xona havosini faollik bilan namlaydi va plastmassadan chiqadigan havoni filtirlaydi.
  • 6Pechak gul va 7. Benjaminning Fikusi havo tozalash bo’yicha eng avvalgi o’rinlarda turadi. Bu gullar nafaqat bitta zaharli moddani tozalash hususiyatiga ega, balki bir vaqtning o’zida formaldegid, benzol va ammiakka ham barham beradi. Ayniqsa Fikus magnit kabi hamma changni o’ziga tortib oladi.

Yuqorida berilgan xona gullaridan kamida ikkitasini uyizngizda yoki ish xonangizda o’stirib, xona haroratini toza saqlang.

Manba: Maslahat.uz
Категория: Uy va Hovli | Просмотров: 4657 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]