20:31 Xotiningizning (Eringizning) Ko`nglini Topa Olasizmi? (Test) | |
Xo’sh, siz qanday turmush o’rtoq ekanligingizni bilasizmi? Balki siz men hayotimdan mannunman, turmush o’rtog’im ham baxtli deyayotgandirsiz? Shunday bo`lsa-da, o`zingizni bir sinab ko`ring. Har bir ijobiy javob uchun 2 ball qo`shib boring. Savollar:1. Xotiningizni (Eringizning) yonida tez-tez uzoq vaqt telefonda gaplashasizmi? 2. Turmushga chiqmagan (uylanmagan ) dugona( o’rtog’ingiz)ngiznikiga mehmonga borishni yoqtirasizmi? 3. Xotiningiz (Eringiz) uning do`st (dugona)lariga boshqacha, muloyimroq muomala qilishingiz haqida e’tiroz bildiradimi? 4. Ba’zan hammaning oldida xotiningizga (eringizga) tanbeh berasizmi? 5. Narsa xarid qilish uchun do`kon-bozorga borsangiz, xotiningizni (eringizni) ham birga borishga majbur qilasizmi? 6. Xotiningizning (Eringizning) maslahatlaridan ko`ra do’st(dugona)laringizning maslahatlariga ko`proq quloq tutasizmi? 7. Xotiningizni (Eringizni) ko`p kuttirasizmi? 8. Dam olish kunlar turmush o’rtog’ingiz oldida ish bilan band bo’lasizmi? 9. Yotoqqa o`zingizga qaramay (soqol olmay )yotasizmi? Qancha ball to`pladingiz?0-6: Siz xotin (er)ingizning hoxish-istaklarini yaxshi biluvchi, uni noo`rin bezovta qilmaydigan, ko`ngliga yo`l topa bilgan eng yaxshi juftsiz. Sizning aqlu farosatingiz albatta yuksak baxolanishi kerak. 8-12: Turmush o`rtog`ingizga e’tiborliroq bo’ling. Uning asabiga tegmang. Ijobiy javob bergan bo`limlaringizdagi xatti-harakatlaringizni zudlik bilan qayta ko`rib chiqing. 14-16: Ishingiz chatoq – juftingiz sizdan sovub ketishii ehtimoldan holi emas. Siz "ha” deb javob bergan har bir bo’lim juftingizga juda yomon ta’sir qiladi. O`ylab ko`ring, sizga nima muhimroq, turmush o’rtog’ingiz bilan tinch-totuv hayotmi yoki odatlaringiz? Xo'sh, sizda natijalar qanday? | |
|
Всего комментариев: 0 | |