Главная »
2012 » Noyabr » 30 » Xushmuomalalik Sirlari. Etiket Qoidalari
14:50 Xushmuomalalik Sirlari. Etiket Qoidalari |
Xushmuomalaga ehtiyoj sezmaslik uchun bag’oyat yuksak fazilat sohibi bo’lish lozim, deyishadi. Xushmuomalalik odamni atrofdagilar uchun foydali va yoqimli qiladi: u ishda va turmushda juda zarur. Xushmuomalalik keskin vaziyatlarni yumshatadi, janjalni oldini oladi, o’zini tutishni ham o’rgatadi, hurmat va muhabbatga yo’l ochadi. Xushmuomalalikni o’rganish mumkin, lekin buning tug’ma bo’lgani undan ham yaxshiroq. Xushmuomalalik kishidasn gap-so’z va harakatni nazorat qilishni talab etadi.
Xushmuomalalik qoidalariga ko’ra:
- Rasmiy idoraga bosh kiyimda kirish va baland ovozda gapirish ;
- Shovqin solish, atrofdagilarga halal berish va g’ashiga tegish;
- Boshqa millatni yerga urish;
- Birovning kamchilik va xatolaridan kulish;
- Suhbatdoshni haqorat qiluvchi so’zlar aytish;
- Xat yoki sov’gani qaytarib yuborish;
- Hamsuhbatning yaqin kishisi haqida mensimay gapirish;
- Birovlarning sumkasini ochish, ochiq bo’lsa, ichiga qarash, begonalarni cho’ntagini titkilash;
- So’ramay boshqalar stoliga teginish, ichidagilarning joyini o’zgartirish, tortmalarni titish, begona shkaf, buffet va qaznoqlarni ochish MUMKIN EMAS!
Shuningdek, o’zi haqida yaxshi fikr va ishonch uyg’otishni istagan odam kamtar, beg’araz, tartibli bo’lishi lozim. Agar uncha yaqin bo’lmagan kishi sizga yaxshilik qilsa, minnatdorchilik belgisi sifatida tort, bir dasta gul yoki biror shirinlik berish va yuborish mumkin. O’zini tutish qoidalari
Jamoat joylarida:- Kiyimini, o’zini tartibga keltirish, galstugini, soch turmagini to’g’irlash, tirnoq tozalash (bu faqat uyda, mehmonxonada yoki maxsus joylarda mumkin);
- Soch tarash tarash va hurpaytirish;
- Jimjiloqda tish tozalash;
- Barmoq qirsillatish;
- Kaftni bir-biriga ishqalash;
- Kiyimni tortqilash;
- Hirgoyi qilish;
Suhbat chog’ida:
- Qo’lni cho’ntakka solib, ortga qilib, yoki ko’krakda qo’llarni chalishtirib turish yoki o’tirish;
- Qo’l siltab gapirish;
- Yelka qisish’
- Inkor ma’nosida bsoh chayqash;
- Nutqni turli imolar bilan bezash;
- Suhbatdoshga elka o’girish;
- Esnash, teztez soatga qarash;
- Biror narsa o’ynab o’tirish MAN ETILADI!
Manba: Maslahat.uz
|
Категория: Psixologiya |
Просмотров: 12603 |
Добавил: Nodirbek
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[
Регистрация |
Вход ]