Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 27 » "YO'Q" Deyishlariga Qaramang! (Mutolaa)
21:02
"YO'Q" Deyishlariga Qaramang! (Mutolaa)

Genri Uord Bicher ismli kishi maktabda o’qib yurgan kezlari bir umrga tatigulik voqyeani boshidan kechirdi va bundan o’ziga yarasha xulosa chiqara oldi.

Yosh Genridan o’rtaga chiqib, o’tilgan darsni sinfdoshlariga tushuntirib berishni so’rashadi. U mavzuni enidgina boshlagan ham ediki, o’qituvchisi «yo’q» deya fikrini bo’ladi. Genri takror boshidan boshlaydi, ammo ustozi yana baqiradi: «Xato». Izzat-nafsiga tekkan, bu gapdan jahli chiqqan Genri borib joyiga o’tiradi.

Navbatdagi o’quvchi darsni gapirib berish uchun o’rnidan turadi va u ham ma’ruzani boshlagan zahoti o’qituvchisidan rad javobini eshitadi: «Bo’lmagan gap». Biroq bu o’quvchi mulohazasini oxirigacha davom etadi. Gapini tugatishi bilan o’qituvchi «Barakalla», degancha o’tirishga ruxsat beradi.
Bu hol Genrini tamomila shoshirib qo’ygan edi. U ustoziga bo’lib o’tgan anglashilmovchilikdan norozilini bayon etadi: «Men ham xuddi shunday gapirib berayotgan edim, hyech narsaga tushunmayapman». O’qituvchi esa jilmaygancha unga shunday deydi: «Darsni to’liq tushunmagansan, buni tan olishing kerak. Seni to’xtatishimga imkon berishing o’zingga ishonmaganlikdan dalolat beradi. Hatto butun dunyo «YO’Q» desa ham, sening vazifang «HA» deyish va haqligingni isbotlab berishdan iboratdir!»

Umr davomida odamlar ming xil ko’rinishda «yo’q» deyishadi:

- To’xta, buni qilolmaysan.
- To’xta, yanglish yo’ldan ketyapsan.
- To’xta, buning hyech bir narsaga yaramaydi.
- To’xta, yetarlicha biliming yo’q.
- To’xta, puling yo’q.
- To’xta, bunday qilinmaydi...

Har bir «yo’q» javobining o’zingizga bo’lgan ishonch alangasini toki siz taslim bo’ldim, deguningizga qadar asta-sekin puflab o’chiradigan ta’siri bo’ladi. Atrofingizdagilar har kuni sizga «yo’q» desalar-da, siz o’zingizga ishonsangiz «HA» deyishda davom eting va buni isbotlashga boringizni sarflang.

Manba: Maslahat.uz
Категория: Psixologiya | Просмотров: 1231 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 2
Написал: Nodirbek
28.11.2012, 15:15 2 6

gsdfgsdf
Написал: Nodirbek
28.11.2012, 15:12 1 5

so'rakan
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]